17-yanvar kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Mirobod tumani — “Qorasuv” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Uchtepa tumani — “Jurjuniy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 13:00gacha;
  • Olmazor tumani — “Hofiz Ko‘xakiy”, “Zarbdor” hamda “Shoshiy” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00dan 15:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

16-yanvar kuni Mirobod va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlaridagi iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgandi.

2023-yilning iyun oyidan poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlari boshlangan.