Fuqarolar Turkiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish turi — mehmonxona ishchisi, sanitariya xodimi va ro‘yxatxona ishchisi (reception).

Ish vaqti 5 kun 8 soatdan davom etib, bir sutkada 3ta smenaning birida ishlash mumkin. Ish haqi 18 ming lira ($595, soliqlar to‘langandan keyin)ni tashkil etadi.

Konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 19 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi, tajribaga ega, turk, rus yoki ingliz tilida Intermediate (B2) darajada so‘zlasha olishi kerak.

Bundan tashqari, sudlanmaganlik hamda xorijga chiqishga taqiq yo‘q bo‘lishi talab qilinadi.

Ro‘yxatdan havola orqali o‘tish mumkin.

Agentlik 600 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin arizalar qabul qilinishi to‘xtatilishini qayd etgan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Tibbiyot sohasidagi ishlarga nomzodlar hamshiralik hamda sanitariya bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin.