“Google” maktablar va o‘qituvchilar uchun yangi sun’iy intellekt funksiyalarini taqdim etdi. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning barchasi “Google Classroom” va “Youtube"da ishlaydi.

Buyuk Britaniyadagi “Bett” tadbirida “Google” sun’iy intellektdan foydalangan holda ta’limni boshqarish, foydalanish imkoniyati va savollar va dars rejalarini yaratish uchun bir qator yangi xususiyatlarni e’lon qildi.

“Google” allaqachon o‘qituvchilarga “Google Classroom"ning bir qismi sifatida “YouTube” videolariga savollar qo‘shishga ruxsat bergan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt tez orada turli vaqtlarda savollar berishga yordam beradi.

Kompaniya bu xususiyatni birinchi marta 2023-yil iyun oyida e’lon qildi. Biroq, bu xususiyatdan foydalanish uchun o‘qituvchilar avvaldan ariza topshirishlari kerak edi.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, javoblar va umumiy maslahatlar yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan “Practice Sets” funksiyasi hozirda 50 dan ortiq tilda mavjud.

Bundan tashqari, o‘qituvchilar “Google Forms"ni amaliy topshiriqlar uchun moslashtira oladi.

Shuningdek, “Google” mashqlar to‘plamlari va videolar davomida beriladigan interaktiv savollarni boshqarish uchun yangi “resurslar” yorlig‘ini taqdim etmoqda.

Kompaniya o‘zining “Google Workspace” uchun yaratilgan sun’iy intelekt vositasi “Duet AI” o‘qituvchilarga dars rejalarini tuzishda yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

“Google"ning ta’kidlashicha, o‘qituvchilar yil oxirida sinfda turli guruhlarni tashkil qilishlari mumkin. Shuningdek, ular turli guruhlarga turli vazifalarni belgilashlari mumkin bo‘ladi.