Lola Karimova-Tillayeva Kaliforniyadagi uyini sotdi. Bu haqda “WSJ” xabar bermoqda.
“Le Palais” nomi bilan tanilgan uy Los-Anjelesning nufuzli hududi, Beverli-Xillzda joylashgan.
O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi uni 2013-yilda tadbirkor Muhammad Hadiddan $33 mlnga sotib olgan.
Nashrning yozishicha, yangi xaridor uy uchun taxminan $36 mln to‘lagan. Uning ismi va aniq summasi oshkor etilmagan.
Saroy Beverli-Xillz mehmonxonasi qarshisidagi 0,44 gektar maydonda qurilgan.
Hududda yozgi terrasa, ochiq suzish havzasi, barbekyu va 12 ta mashinaga mo‘ljallangan garaj, xodimlar uchun yashash joylari mavjud.
Uyda 7 ta yotoq xonasi va taxminan 5000 kvadrat fut (464 kv.m) bo‘lgan birlashtirilgan oshxona va ovqatlanish xonasi bor.
Birinchi qavatda 200 o‘rinli majlis zali, ikkinchi oshxona, uy kinoteatri, sport zali, basseynli turk hammomi mavjud.
Ikkinchi qavat ish xonasi, ikkita shkaf, ikkita hammom va tomga chiqishni o‘z ichiga oladi. Yuqori terrasa 3800 kvadrat metr (353 kvadrat metr) maydonga ega.
Avvalroq “Spot” Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimova ishini sudga kiritgani haqida yozgandi.
Ayblov tomoni muqaddam olib qo‘yilgan $484 mlndan ortiq miqdordagi aktivlarni musodara qilishni so‘ragan.