Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi O‘zbekiston bilan kichik atom elektr stansiyalari qurilishini muhokama qilmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Aleksey Lixachevga tayanib, “TACC” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kichik atom elektr stansiyalariga talab juda yuqori darajada.

Tahlilchilarning fikricha, yaqin 10−15 yil ichida dunyoda 30−40 GVtgacha kam quvvatli atom elektr stansiyalari quriladi, deya qayd etadi u.

Ayni paytda “Rosatom” “Norilsk Nikel”, “Gazpromneft”, “Lukoyl” va “Russian Platinum” kompaniyalari bilan kichik atom elektr stantsiyalari loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

“Xo‘sh, bir qator mamlakatlar bizning sheriklarimiz, mijozlarimiz. Kimdir bilan shartnomalar tuzilgan, shartnomalar ustida ish olib borilmoqda. Va kimdir bilan biz texnik ko‘rinish va iqtisodiy model darajasida ishlayapmiz. Biz O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Myanma, Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator Orol davlatlari bilan muhokama qilmoqdamiz”, dedi Lixachev Davlat dumasidagi nutqida.

2023-yil dekabrida “Rosatom"ning barqaror rivojlanish departamenti direktori Polina Lion O‘zbekiston hukumati bilan bo‘lajak atom elektr stansiyasini sovutish uchun “quruq sovutish minorasi” texnologiyasidan foydalanish masalasi muhokama qilinayotganini aytdi.


Avvalroq “Spot” Koreyaning “Hyundai” kompaniyasi O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyalarini qurmoqchi ekanligi haqida yozgandi. Kompaniya kichik modulli reaktorlar yaratish texnologiyalarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.