Markaziy bankning 2024-yil 25-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12575 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 19-mart kuni belgilangan 12559 so‘m qiymatga nisbatan 15 so‘mga qimmatladi.

25-mart kuni “Orient Finans bank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da sotish kursi 12640 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12630 so‘mdan 12515 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12490 so‘mdan 12540 so‘mgacha yetdi.