5-aprel kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, tumandagi quyidagi MFYlarning qisman hududlarida soat 09:00dan 17:00gacha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmaydi:

  • “Alisherobod”;
  • "Geologlar";
  • "Temuriylar";
  • "Geofizika".

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilning 8-martidan tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytishi sabab, 18-fevral kuni elektr energiyasi ta’minotiga o‘rnatilgan cheklovlar bekor qilindi.

Biroq, oradan bir necha kun o‘tgach, 11−12 mart kunlari yuz bergan kuchli yomg‘ir va qattiq shamol tufayli elektr energiyasi yetkazib berishda 150 MVtgacha cheklovlar kiritildi.