“Silk Avia” aviakompaniyasi Buxoro-Urganch-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Birinchi parvoz 13-apreldan boshlab, 4-maydan esa har shanba kunlari muntazam ravishda aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Bir tomonga aviachipta narxi 272 ming so‘mdan, borish va qaytish aviachiptalari narxi esa 545 ming so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq “Silk Avia” Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Parvozlar 1-apreldan boshlanib, LET L-410 samolyotlarida haftada uch marotaba — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.


Shuningdek, “Spot” “Silk Avia” aviakompaniyasi to‘rtinchi samolyotini qabul qilib olgani haqida yozgandi.

Yangi ATR 72−600 samolyoti Fransiyadagi ATR zavodidan Toshkent aeroportiga, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, yetib keldi.