Markaziy bankning 8-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12685 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 3-aprel kuni belgilangan 12633 so‘m qiymatga nisbatan 52 so‘mga qimmatladi.

8-aprel kuni “Tengebank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank”, va “Infinbank"da sotish kursi 12750 so‘mni, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Ziraat bank Uzbekistan"da 12740 so‘mni tashkil qiladi. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12720 so‘mdan 12680 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12650 so‘mdan 12620 so‘mgacha yetdi.