5-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12685so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 5 so‘m 1 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 4-aprel kuni 12680 so‘m, 3-aprelda 12668 so‘m, 1-aprel kuni 12645 so‘m, 29-mart kuni 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi. Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.