27-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12600 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 10 so‘m 14 tiyinga oshdi.

20-mart kuni dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini qayd etgandi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 13 so‘mga oshib, 12575 so‘mni tashkil etdi.

15-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarilgandi. Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12570 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 2 so‘m 99 tiyinga oshdi.

14-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga yetgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12567 so‘m etib belgilandi.

Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi. Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.