14-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12567 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 20 so‘m 99 tiyinga oshdi.

Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi.

Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.

5-martdagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12526 (+1,38) so‘mga yetdi.

Markaziy bankning 4-martdagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12525 (+10,56) so‘mni tashkil qilgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.