6-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12526 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 1 so‘m 38 tiyinga oshdi.

Markaziy bankning 4-martagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12525 (+10,56) so‘mni tashkil qilgandi.

1-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi 18 so‘mga oshib 12514 so‘mni tashkil qildi. 23-fevralda dollar kursi 12 so‘m 97 tiyinga pasayib, 12508 so‘mni tashkil qilgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.

Bungacha u yana ikki marta — 7 va 9-avgust kunlari eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Xususan, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.