Xorijda ta’lim: Ruminiyada grant asosida ta’lim olayotgan Dilmurod Yengiboyev hikoyasi

U Spot’ga nima sababdan aynan Ruminiyada o‘qishni tanlagani, to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiyani qanday qo‘lga kiritgani va Yevropadagi talabalik hayoti haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkentdagi kovorking markazlari: xizmatlar va narxlar

Spot poytaxtda qanday kovorkinglar faoliyat yuritayotgani, ularning rezidentlariga qanday sharoitlar taklif etilayotgani va joy tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda taksi: ilovalar, narxlar va muammolar yechimi

Spot O‘zbekistonda taksi buyurtma qilish uchun qanday xizmatlar mavjudligi, ularda yo‘l haqi qancha turishi va telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib mashina buyurtma qilish hali ham mumkin yoki yo‘qligini o‘rgandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yandex Go’dagi uzilishidan so‘ng boshqa taksi xizmatlariga talab qanday o‘zgardi?

Oxirgi kunlarda Uklon’da buyurtmalar soni odatdagidan 2−3 baravarga ko‘paydi, MyTaxi’da esa o‘sish 15 baravarga yetdi. Talab ortganiga qaramay, xizmatlar barqaror ishlamoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


Gutenberg nashriyoti hammuassisi Ravshan Burxonov tavsiya qilgan 5 ta kitob

U Spot’ga kitob mutolaasi, tarjima va nashriyot biznesidagi tajribasi, shuningdek, faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan asarlar haqida so‘zlab berdi. Ravshan tavsiya qilgan kitoblar orasida antik dostonlar, jahon adabiyoti klassikasi va biznesga oid asarlar bor.

hafta yakuni, yangiliklar


Qanday qilib muvaffaqiyatli startap yaratish mumkin? Cosmos Innovation asoschisi Asadbek Urunov bilan suhbat

Spot loyiha asoschisi bilan birinchi o‘zbek robot-doktori — Body Tester qanday yaratilgani, startapni rivojlantirishdagi muammolar va kosmosga uchirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida so‘z boradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yangi Toshkentda $1 mlrd lik 7 ta obyekt ishga tushirilib, yana $2,5 mlrd lik loyihalar qurilishi boshlandi.
    Yangi loyihalar orasida Deep Tech sanoat parki, biznes markazlari, turar joy majmualari va shifoxona qurilishi bor.
  2. O‘zbekistonda qurilish obyektlaridagi 3,1 mingdan ortiq qoidabuzarlik buzdirish orqali bartaraf etildi.
    Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda aniqlangan 6 mingdan ortiq qoidabuzarlik bartaraf etilib, 1457 ta holat bo‘yicha sudlarga da‘vo arizalari kiritilgan.
  3. XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotining 2026−2027-yillardagi o‘sish prognozini sezilarli yaxshiladi.
    Jamg‘arma 2027-yil uchun inflyatsiya prognozini 5% dan 5,7% ga, 2026-yil uchun esa 6,8% dan 6,9% ga oshirdi.
  4. 1-noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv tariflari 30% ga oshirilishi mumkin.
    Isitish tarifi kuniga 1 kvadrat metr uchun 314 so‘mgacha, hisoblagichli issiq suv tarifi esa 1 kub metr uchun 11 607 so‘mgacha oshirilishi taklif etilmoqda.
  5. Aholi uchun isitish tariflarini har yili 10% ga oshirib borish taklif etilmoqda.
    2028-yildan boshlab aholi uchun markazlashgan issiqlik ta’minoti tariflarini har yili 1-maydan inflyatsiyaga qarab indeksatsiya qilish taklif etilmoqda.
  6. 1-noyabrdan ayrim issiqxonalarga elektr energiyasi xarajatlarining 50% i qoplab beriladi.
    Shuningdek, issiqxonalarga soliq imtiyozlari, energiya tejamkor uskunalar xaridi uchun subsidiyalar hamda 300 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish nazarda tutilmoqda.
  7. 1-noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravarga oshishi mumkin.
    Ehtiyojmand oilalarga propan xaridi uchun har kilogrammiga 3 ming so‘mdan, oyiga ko‘pi bilan 20 kg uchun kompensatsiya to‘lash rejalashtirilmoqda.
  8. Davaktiv rahbarining bayonotiga qaramay, UzPost ishonchli boshqaruvga berilgani ma‘lum bo‘ldi.
    Ishonchli boshqaruv shartnomasi 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan. OAV ma‘lumotlariga ko‘ra, Wildberries boshqaruvchi kompaniyaga aylangan.
  9. O‘zbekistonliklar 2027-yil 1-iyuldan Qozog‘istonga borish uchun elektron ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi.
    Hujjat Qozog‘istonga vizasiz kiradigan xorijliklar uchun bepul rasmiylashtiriladi. Uni olish uchun safardan kamida 72 soat oldin ariza topshirish talab etiladi.
  10. O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin.
    Tomonlar avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini tayyorlash uchun qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
  11. O‘zbekiston Qahramonjon Olimovni Interpol orqali qidirishni to‘xtatdi.
    Anorbank ta’sischisiga nisbatan “qizil bildirishnoma” sentabr oyi oxirida joylashtirilgan edi.
  12. Rossiyadagi gaz quvuridagi portlash O‘zbekistonga gaz yetkazib berishga ta’sir qilmadi — Energetika vazirligi.
    Yaqinda O‘zbekiston Rossiyadan gaz oladigan “O‘rta Osiyo — Markaz” gaz quvurida portlash yuz bergani ma’lum bo‘lgandi.
  13. Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlarida narxlar asossiz oshirilishini o‘rganmoqda.
    Ayrim agregatorlarda texnik nosozliklar kuzatilishi ortidan boshqa taksi xizmatlarida ham tig‘iz vaqtlarda narxlar bir necha baravargacha oshgan.
  14. O‘zbekistonda endi peshlavhalar uchun reklama joyining pasporti talab etilmaydi.
    Peshlavhalar va reklama konstruksiyalarini majburiy demontaj qilish faqat ish kunlari, ularning egalarini oldindan xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
  15. So‘m nega qadrsizlanyapti? — iqtisodchi buning sabablarini tushuntirdi.
    Mirkomil Xolboyev so‘mning 9 ta savdo sessiyasida 2% ga qadrsizlanishini global dollar mustahkamlanishi, qarz to‘lovlari va pul o‘tkazmalarining mavsumiy pasayishi bilan izohladi.
  16. 2050-yilgacha energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha Milliy bosh reja ishlab chiqiladi.
    Hujjatda elektr energiyasiga talabning o‘sishi, zarur infratuzilma va yangi quvvatlarni joylashtirish hududlari belgilanadi.
  17. O‘zbekiston ikkinchi va uchinchi AESni qurishni rejalashtirmoqda — Mirziyoyev.
    Prezident investorlarni Jizzaxdagi birinchi atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda hamkorlikka chaqirdi.
  18. Saida Mirziyoyeva energetika sohasidagi investorlar kengashiga rahbarlik qiladi.
    Kengash yer ajratishdan obyekt ishga tushgunigacha investorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.
  19. Aksa Enerji Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxdagi elektr tarmoqlarini boshqaruvga olmoqchi.
    Turkiya kompaniyasi ushbu uchta hududdagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni bir hafta ichida imzolashni rejalashtirmoqda.
  20. Nega bazaviy me’yor 500 emas, 350 kVt/soatga oshirilyapti? IMV izoh berdi.
    Bunga qishda elektr energiyasi iste’moli tahlili va kam ta’minlangan oilalar uchun mavjud imtiyozlar asos qilib olingan.