Toshkentda ish o‘rnini bir soat, kun yoki oyga ijaraga olish, shuningdek, jamoa uchun alohida ofis tanlash mumkin. Ko‘plab kovorkinglarda muzokara xonalari, dam olish zonalari va kompaniyalar uchun yuridik manzil xizmatlari ham mavjud. Spot kovorkinglarning narxlari, manzillari va sharoitlarini jamladi. Narxlar 2026-yil oktabr holatiga ko‘ra keltirilgan.
GroundZero
Narxi: soatiga 65 ming so‘mdan boshlab.

Foto: Ground Zero
GroundZero kovorkinglar tarmog‘i uchta filialni o‘z ichiga oladi — Kitob Olami, Minor va Sharq. Har birida ish o‘rinlari, shaxsiy buyumlar uchun javonlar, muzokara va konferensiya zallari mavjud. Shuningdek, printer, skaner va nusxa ko‘chirish xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Jamoalar uchun alohida ofislar, dam olish va norasmiy muloqot zonalari, shuningdek, tadbirlar uchun maxsus maydonlar mavjud. Shuningdek, sport zallari, uyqu kapsulalari va meditatsiya xonalari ham bor. Hududda oshxona va kafe-bar ham faoliyat yuritadi.
Kovorkinglarda soat 19:00 dan 7:00 gacha tungi rejim amal qiladi. Bu vaqtda sokin muhitda ishlash mumkin.
GroundZero rezidenti bo‘lish uchun 7 kundan 1 yilgacha bo‘lgan muddatni tanlash mumkin. Tarmoqning o‘z hamjamiyati ham bor, unga ariza orqali qo‘shilish mumkin. Hamjamiyat tadbirkorlar, mutaxassislar, frilanserlar va ijodiy kasb vakillarini birlashtiradi. Ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilish va muntazam norasmiy uchrashuvlarda qatnashish imkoniga ega.
Tariflar va xizmatlar | Kitob Olami | Minor | Sharq |
1 soat | 65 ming so‘m | - | |
2 soat | 75 ming so‘m | - | |
3 soat | 85 ming so‘m | - | |
1 kun | 140 ming so‘m | - | |
7 kun | 770 ming so‘m | - | |
1 oy | |||
Hot Desk Unlimited | 2,2 mln so‘m | 1,85 mln so‘m | |
Personal Hot Desk | 2,9 mln so‘m | 2,45 mln | 2,38 mln |
1 yil | 5,4 mln so‘m | ||
Tungi tariflar | |||
1 tun | 90 ming so‘m | - | |
10 tun | 700 ming so‘m | - | |
20 tun | 1,3 mln so‘m | - | |
1 oy | 1,5 mln so‘m | - | |
Oylik abonementlar narxidagi farq Personal Hot Desk tarifida foydalanuvchiga alohida ish o‘rni va yuridik manzil taqdim etilishi bilan izohlanadi. Har ikki tarif turli zonalarga doimiy kirish, cheklanmagan ish soatlari, GroundZero tadbirlarida qatnashish, miting-rumlardan foydalanishda 50% chegirma va boshqa bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha ravishda rasmiylashtirish mumkin:
- yuridik manzil — oyiga 600 ming so‘m;
- Virtual Desk — oyiga 920 ming so‘m;
- muzokaralar xonasi — soatiga 80 ming so‘m;
- tasvirga olish zonasi — soatiga 300 ming so‘m;
- event-zona — soatiga 500 ming so‘m;
- Night Locker — oyiga 200 ming so‘m.
Kitob Olami va Minor kovorkinglari kecha-yu kunduz va dam olish kunlarisiz ishlaydi. Sharq filiali har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Manzil va aloqa:
GroundZero Kitob Olami:
Aloqa telefoni: +998 90 955 99 69
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6/7.
GroundZero Minor:
Aloqa telefoni: +998 90 901 20 01
Manzil: Markaz 6, Minor mavzesi, 57.
GroundZero Sharq:
Aloqa telefoni: +998 90 830 30 35
Manzil: Taraqqiyot 2-tor ko‘chasi, 33.
C-Space
Narxi: soatiga 30 ming so‘mdan boshlab.
Foto: C-Space
C-Space — Toshkentdagi 12 ta filialni birlashtirgan kovorkinglar tarmog‘i. Uning Chust, Labzak, Yunusabad, Elbek, Airport, Beruniy, Orient, Minor, Muqimiy, Shevchenko, Park va Newport filiallari mavjud. Shevchenko, Park va Newport premium toifaga kiradi, shu sababli ulardagi narxlar boshqa filiallarga nisbatan yuqoriroq.
Barcha filiallarda ochiq ish maydonlari, alohida ofislar, muzokara xonalari, dam olish zonalari va qabulxona mavjud. Rezidentlar cheksiz internet, bepul choy, kofe va yengil tamaddilardan foydalanishlari mumkin. Barcha filiallar kecha-yu kunduz ishlaydi.
Ayrim filiallar qo‘shimcha infratuzilmasi bilan ajralib turadi:
- Chust — tarmoqning maydoni 1,5 ming kv. m bo‘lgan birinchi filiali. Bu yerda trenajyor zali, SPA, kafe va rezidentlar uchun yopiq avtoturargoh mavjud;
- Yunusabad — 3 ming kv. m maydonga ega. Binoda restoran, kafe va ikkita avtoturargoh bor;
- Labzak — 1 ming kv. m dan ortiq maydon va 150 dan ziyod ish o‘rni. To‘rt qavatli binoda dam olish zonalari va kutubxona ham mavjud;
- Beruniy — 650 kv. m dan ortiq maydon va 115 ta ish o‘rni;
- Airport — terrasaga ega ixcham kovorking;
- Elbek — kompaniya ehtiyojlariga moslashtirish mumkin bo‘lgan moslashuvchan ofislar.
Asosiy tariflar:
| Format | Narxi |
| Mehmon tashrifi, 1 soat | 30 ming so‘mdan boshlab |
| Mehmon tashrifi, 1 kun | 150 ming so‘mdan boshlab |
| Hybrid / Dedicated / Flex rezidentligi, 1 oy | 1,5 mln so‘mdan boshlab |
| Hybrid Office, 3 dan 20 kishigacha | oyiga 3 mln so‘mdan boshlab |
| 1−3 kishilik ofis | oyiga 6 mln so‘mdan boshlab |
| 4−6 kishilik ofis | oyiga 10 mln so‘mdan boshlab |
| 7−9 kishilik ofis | oyiga 17,5 mln so‘mdan boshlab |
| 10−12 kishilik ofis | oyiga 25 mln so‘mdan boshlab |
| Ofis + Open Space | shartnomaviy |
Ofislar narxiga tozalash, kommunal va ekspluatatsiya xarajatlari, shuningdek, 24/7 kofe kiradi. Bundan tashqari, narxning 25% qismi muzokaralar xonasi uchun to‘lovga ishlatilishi mumkin bo‘lgan kreditlar ko‘rinishida qaytariladi.
Muzokara xonalari:
Muzokara xonalari narxi filial, xona sig‘imi va band qilish vaqtiga qarab farqlanadi. Soat 09:00 dan 21:00 gacha ijara narxi soatiga 100 ming so‘mdan, tunda esa 80 ming so‘mdan boshlanadi.
| Sig‘imi | Kunduzgi tariflar | Tungi tariflar |
| 4 kishigacha | 100 ming so‘mdan boshlab | 80 ming so‘mdan boshlab |
| 6 kishi | 150 ming so‘mdan boshlab | 120 ming so‘mdan boshlab |
| 9−10 kishi | 210 ming so‘mdan boshlab | 168 ming so‘mdan boshlab |
| 14 kishi | 360 ming so‘m | 288 ming so‘m |
| 20 kishi | 420 ming so‘mdan boshlab | 336 ming so‘mdan boshlab |
| 60 kishigacha | 1 mln so‘m | - |
Rezidentlar muzokara xonalarini ijaraga olishda 50% chegirmaga ega. To‘lovni bank kartasi yoki yuridik shaxslar uchun hisobvaraq orqali amalga oshirish mumkin. Shuningdek, abonementga kiritilgan soatlardan foydalanish mumkin, biroq kuniga uch soatdan oshmasligi kerak.
Barcha filiallar uchun tarmoqning yagona aloqa raqami amal qiladi — +998 88 484 20 22. Manzil:
C-Space Chust:
Manzil: Chust ko‘chasi, 1.
C-Space Labzak:
Manzil: Labzak ko‘chasi, 64A.
C-Space Yunusabad:
Manzil: Ahmad Donish ko‘chasi, 20A.
C-Space Elbek:
Manzil: Elbek ko‘chasi, 7.
C-Space Airport:
Manzil: Bobur ko‘chasi, 58A.
C-Space Beruniy:
Manzil: Muxbir ko‘chasi, 3A.
C-Space Orient:
Manzil: Oloy Bozori ko‘chasi, 647.
C-Space Park:
Manzil: Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 1.
C-Space Minor:
Manzil: Anhor bo‘yi, 57A.
C-Space Shevchenko:
Manzil: Tarasa Shevchenko ko‘chasi, 21.
C-Space Muqimiy:
Manzil: Chilonzor ko‘chasi, 3-kvartal.
C-Space Newport:
Manzil: Oq yo‘l ko‘chasi, 16.
[hub] module
Narxi: soatiga 40 ming so‘mdan boshlab.
Foto: [hub] module
[hub] module — Toshkent markazida joylashgan, 30 ta ish o‘rniga ega kovorking. Bu yerda sakkiz kishilik muzokara xonasi, ikkita kichik ofis, onlayn uchrashuvlar uchun alohida Zoom-xona, dam olish zonasi, oshxona va dush xonasi mavjud. Kovorking yakka tartibda ishlaydiganlar va kichik jamoalar uchun mo‘ljallangan.
Joyni band qilish va uning uchun to‘lovni ilova orqali onlayn yoki administrator orqali amalga oshirish mumkin. Joy har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha ishlaydi.
Kompaniyalar uchun kovorking yuridik manzil xizmatini taklif etadi — oyiga 1 mln so‘m. Paketga manzilni ro‘yxatdan o‘tkazish, virtual ofis va oyiga ikki soat muzokaralar xonasidan bepul foydalanish kiradi.
Tadbirkor ayollar uchun Womonth maxsus tarifi amal qiladi.
Format | Narxi |
1 soat | 40 ming so‘m |
1 kun | 130 ming so‘m |
1 hafta | 650 ming so‘m |
1 oy, Month | 1,4 mln so‘m |
1 oy, Unlimited Fixed (biriktirilgan ish o‘rni bilan) | 2,25 mln so‘m |
1 oy, Womonth | 1,2 mln so‘m |
Qo‘shimcha zonalarni ijaraga olish:
- muzokaralar xonasi — soatiga 130 ming so‘m yoki kuniga 900 ming so‘m;
- 2 kishilik mini-ofis — soatiga 95 ming so‘m yoki kuniga 550 ming so‘m;
- 4 kishilik ofis — soatiga 110 ming so‘m yoki kuniga 700 ming so‘m;
- dam olish zonasi va Zoom-xonalar — soatiga 40 ming so‘m;
- fotosessiyalar uchun zona — soatiga 250 ming so‘m;
- javonni ijaraga olish — 5 mingdan 100 ming so‘mgacha.
Manzil va aloqa:
Aloqa telefoni: +998 97 005 50 20
Manzil: Tarasa Shevchenko ko‘chasi, 42.
U-ENTER
Narxi: kuniga 50 ming so‘mdan boshlab.
Foto: Yandex.Xaritalar
U-ENTER — tadbirkorlar uchun kovorking, ta’lim dasturlari, tadqiqot va maslahat xizmatlarini birlashtirgan startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi. U loyihasini yo‘lga qo‘yayotgan yoki rivojlantirayotgan, professional hamjamiyat davrasida ishlashni istaganlar uchun mos keladi.
Shuningdek, U-ENTER ekologik texnologiyalar sohasidagi loyihalarni ham qo‘llab-quvvatlab, ishlash uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlaydi.
Kovorkingda ish o‘rni, seminar xonasi yoki konferensiya zalini band qilish mumkin. Rezidentlar cheksiz internet, oshxona va chop etish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Oylik tarifga 25 varaq chop etish ham kiradi. Shuningdek, 3−12 kishilik jamoalar uchun alohida ofislar mavjud.
Format | Narxi |
1 kun | 50 ming so‘m |
1 hafta | 300 ming so‘m |
1 oylik rezidentlik | 900 ming so‘m |
3−12 kishilik ofis, 1 oy | bitta ish o‘rni uchun 1,68 mln |
Markaz kecha-yu kunduz ishlaydi.
Manzil va aloqa:
Aloqa telefoni: +998 71 200 33 22.
Manzil: Shahrisabz ko‘chasi, 25.
Rooms
Narxi: soatiga 40 ming so‘mdan boshlab.
Foto: Rooms
Rooms — Toshkentdagi eng yirik kovorkinglardan biri bo‘lib, maydoni qariyb 2,3 ming kv. m va 350 dan ortiq kishiga mo‘ljallangan. U bir necha soat ishlash uchun ham, doimiy ofis izlayotgan jamoalar uchun ham mos keladi.
Kovorkingda ochiq ish maydoni, muzokara va Zoom-xonalari, konferensiya zali, dam olish zonasi, oshxona, tovush o‘tkazmaydigan va qo‘ng‘iroqlar uchun alohida xonalar hamda shaxsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar mavjud.
Rezidentlar uchun yuqori tezlikdagi Wi-Fi va qo‘riqlanadigan avtoturargoh ham mavjud. Kundalik tozalash va texnik yordam narxga kiritilgan.
Kovorking kecha-yu kunduz ishlaydi. Talabalar uchun maxsus tarif amal qiladi — kuniga 100 ming so‘m.
Jamoalar uchun 6, 8 va 10 kishilik alohida ofislar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning narxi individual tarzda muhokama qilinadi.
Format | Narxi |
Open Space, 1 soat | 40 ming so‘m |
Open Space, 1 kun | 150 ming so‘m |
Open Space, yakshanba | 100 ming so‘m |
Open Space, tonggi soat 09:00−13:00 | 80 ming so‘m |
Hot Desk, 1 oy | 1,5 mln so‘m |
Dedicated Desk, 1 oy (biriktirilgan ish o‘rni bilan) | 2 mln so‘m |
Private Office, 1 oy | 6 mln so‘m |
Qo‘shimcha ravishda meeting room ijaraga olish mumkin — soatiga 200 ming so‘m yoki uch soat uchun 550 ming so‘m.
Manzil va aloqa:
Aloqa telefoni: +998 97 780 07 07.
Manzil: Shahriobod ko‘chasi, 128A (ba'zi xaritalarda — Yalang‘och, 128/1).
IMPACT.T
Narxi: soatiga 30 ming so‘mdan boshlab.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
IMPACT.T ikkita makon — HUB va Studio’dan iborat. Asosiy makon — HUB to‘rt qavatni egallaydi. Bu yerda ochiq ish maydonlari, alohida ofislar, muzokara xonalari va 100 kishigacha mo‘ljallangan ikkita tadbir zonasi mavjud. Tomda bog‘li terrasa, binoning ichida esa B&B Café joylashgan.
Ishlash uchun internet, ekranlar va videokonferensaloqa uskunalari bilan jihozlangan muzokara xonalari, printer va skanerlar mavjud. Shuningdek, oshxona, dam olish zonalari va qo‘riqlanadigan avtoturargoh ham bor.
Ikkinchi makon — Studio — kichikroq bo‘lib, jamoalar, frilanserlar va faoliyatini endi boshlayotgan startaplar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ish o‘rinlari, alohida ofislar, muzokara va Zoom-xonalari hamda oshxona mavjud. Studio dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 22:00 gacha, HUB esa kecha-yu kunduz ishlaydi.
| Format | Narxi |
| 1 soat | 30 ming so‘m |
| 1 kun | 100 ming so‘m |
| 1 tun | 70 ming so‘m |
| 1 hafta | 500 ming so‘m |
| 10 kun | 700 ming so‘m |
| 6 kishilik ofis | soatiga 120 ming so‘m |
| 10 kishilik ofis | soatiga 200 ming so‘m |
| Kichik event hall | soatiga 500 ming so‘m, kamida 2 soat |
| Katta event hall | soatiga 800 ming so‘m, kamida 2 soat |
| Flex Month | 1,7 mln so‘m |
| Dedicated Month (biriktirilgan ish o‘rni bilan) | 2,2 mln so‘m |
Qo‘shimcha xizmatlar:
- kamerani ijaraga olish — 150 ming so‘m;
- kofe-breyk zonasi — soatiga 500 ming so‘m;
- muzokaralar xonasida videotasvirga olish — 500 ming so‘m;
- fotosessiya — 1 mln so‘m.
Manzillar va kontaktlar:
IMPACT.T HUB:
Aloqa telefoni: +998 90 064 64 46
Manzil: Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186.
IMPACT.T Studio:
Aloqa telefoni: +998 90 065 30 03
Manzil: Damariq ko‘chasi, 41.
BB Works
Narxi: soatiga 45 ming so‘mdan boshlab.
Foto: BB Works
BB Works — Toshkentdagi Oniks va Atrium biznes-markazlarida ikkita maydonga ega kovorking va biznes-inkubator. Bu yerda ish o‘rni, muzokara xonasi yoki alohida ofisni ijaraga olish mumkin.
BB Works ish infratuzilmasidan tashqari, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun ma’ruzalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni ham tashkil etadi. Ularda IT, marketing, moliya, HR, savdo va boshqaruv kabi mavzular yoritiladi.
Kovorkingda ochiq ish maydoni, muzokara xonalari, alohida ofislar, yuqori tezlikdagi Wi-Fi, printer va skaner mavjud. Shuningdek, choy, kofe va suv bilan ta’minlangan oshxona, qabulxona hamda kundalik tozalash xizmati ham bor.
Joy har kuni soat 09:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
Format | Narxi |
1 soat | 45 ming so‘m |
2 soat | 80 ming so‘m |
3 soat | 100 ming so‘m |
1 kun | 145 ming so‘m |
1 hafta | 660 ming so‘m |
1 oy, Flex 30 | 1,75 mln so‘m |
1 oy, Fix-30 (biriktirilgan ish o‘rni bilan) | 2,2 mln so‘m |
Qo‘shimcha ravishda rasmiylashtirish mumkin:
- 9−11 kishilik muzokaralar xonasi — soatiga 145 — 165 ming so‘m;
- yuridik manzil — oyiga 500 ming so‘m;
- bir kishilik ofis — oyiga 3 mln so‘m;
- 10 kishilik ofis — oyiga 10,2 mln so‘m.
Manzil va aloqa:
BB Works Oniks:
Aloqa telefoni: 998 94 314 30 00
Manzil: Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 31, Oniks biznes-markazi, 5-qavat.
BB Works Atrium:
Aloqa telefoni: +998 94 314 30 00
Manzil: Oybek ko‘chasi, 18/1, Atrium biznes-markazi.
Business Shark
Narxi: soatiga 30 ming so‘mdan boshlab.
Foto: Business Shark
Business Shark, avvalo, yuridik manzil, buxgalteriya va yuridik xizmatlarni taklif etadi. Shu bois u kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazayotgan, ish joyi va biznesni yuritishda zarur xizmatlardan foydalanishni istaganlar uchun mos keladi.
Shuningdek, bu yerda 24/7 rejimida kirish imkoniyati va cheksiz internetga ega jihozlangan ish o‘rinlari mavjud.
| Format | Narxi |
| 1 soat | 30 ming so‘m |
| 1 kun | 100 ming so‘m |
| 1 hafta | 500 ming so‘m |
| 1 oy | 1,5 mln so‘m |
| Ofis | 400$ |
Qo‘shimcha ravishda rasmiylashtirish mumkin:
- yuridik manzil, 5 kv. m (QQS to‘lamaydiganlar uchun) — oyiga 650 ming so‘m;
- yuridik manzil, 18 kv. m (QQS to‘lovchilar uchun) — oyiga 1,75 mln so‘m.
Pochta va administrator xizmatlari yuridik manzil narxiga kiritilgan.
Manzil va aloqa:
Business Shark, Rakat mahallasi:
Aloqa telefoni: +998 95 511 06 66
Manzil: Yakkasaroy tumani, Imom at-Termiziy ko‘chasi, 31.
Business Shark, Aviasozlar-4:
Aloqa telefoni: +998 95 511 06 66
Manzil: Yashnobod tumani, Aviasozlar-4 ko‘chasi, 8/1.





