O‘zbekistonda aholi uchun isitish tariflarini har yili 10% ga oshirib borish taklif qilinmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvardan boshlab aholiga ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini har yili 1-maydan indeksatsiya qilish ko‘zda tutilgan. O‘zgarishlar yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqib hisoblanadi, biroq tariflar o‘sishi 10% dan oshmasligi kerak.

Loyihaga ko‘ra, aholi uchun issiqlik ta’minotining yangi tariflari 2026-yil 1-noyabrdan joriy etiladi. Yuridik iste’molchilar uchun tariflarning yangi miqdorlarini esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi uch kun muddatda tasdiqlashi kerak.



T/r


Korxona nomi
Tariflar (QQS bilan, so‘mda)
Issiqlik energiyasi
Isitish
Issiq suv
1 Gkal uchun
1 m² uchun, 1 kun
Hisoblagichsiz, 1 odam uchun, 1 oyga
Hisoblagich bo‘lmaganda, 1 m³ uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1
Kommunal issiqlik ta’minoti
261 697
370
56 422
14 707
2
Taxiatosh issiqlik tarmoqlari
261 697
368
58 228
14 417
Andijon viloyati
3
Andijon viloyati Issiqlik ta’minoti
163 094
103
31 151
9 753
Buxoro viloyati
4
Buxoro viloyati Issiqlik ta’minoti
112 753
214
24 084
6 269
5
Buxoroenergomarkaz
112 753
214
24 084
6 269
Jizzax viloyati
6
Jizzax viloyati Issiqlik ta’minoti
116 497
236
26 937
7 107
Qashqadaryo viloyati
7
Qashqadaryo viloyati Issiqlik ta’minoti
136 301
211
25 374
8 458
Navoiy viloyati
8
Navoiy viloyati Issiqlik ta’minoti — Navoiy shahar filiali
141 960
141
29 386
7 808
Zarafshon shahar filiali
378 560
418
78 364
20 823
Uchquduq shahar filiali
416 416
455
86 198
22 903
Konimex tuman filiali
274 456
250
47 481
15 095
Namangan viloyati
9
Namangan viloyati Issiqlik ta’minoti
156 198
300
32 692
8 591
10
Davlatobod tumani Issiqlik ta’minoti
156 198
300
32 692
8 591
Samarqand viloyati
11
Samarqand viloyati Issiqlik ta’minoti — Samarqand shahar filiali
170 084
279
37 590
9 356
Nurobod shahar filiali
477 539
585
102 200
26 270
Surxondaryo viloyati
12
Surxondaryo viloyati Issiqlik ta’minoti
330 994
602
39 719
6 997
Sirdaryo viloyati
13
Sirdaryo viloyati Issiqlik ta’minoti
93 470
259
7 851
5 608
Toshkent viloyati
14
Toshkent viloyati Issiqlik ta’minoti
133 654
268
28 709
7 351
15
Angren shahar Issiqlik ta’minoti
133 718
244
28 535
8 692
16
Chirchiq shahar Issiqlik ta’minoti
144 861
245
29 537
7 967
17
Olmaliq shahar Issiqlik ta’minoti
144 040
202
29 982
7 928
Farg‘ona viloyati
18
Farg‘ona viloyati Issiqlik ta’minoti
187 886
361
43 214
10 523
19
Qirguli issiqlik manbai
218 083
304
51 250
12 212
Xorazm viloyati
20
Xorazm viloyati Issiqlik ta’minoti
186 394
300
66 095
12 962
Toshkent shahri
21
Veolia Energy Tashkent
203 636
314
45 330
11 607

Hujjatda issiqlik energiyasi tannarxini 15% gacha kamaytirish bo‘yicha bir oy muddatda chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish belgilangan. Shuningdek, 2027-yil yakunigacha issiqlik ta’minoti tizimlarini texnik auditdan o‘tkazish va modernizatsiya qilish dasturini tayyorlash rejalashtirilgan.

Issiqlikta’minoti kuzatuv kengashidagi mustaqil a’zolar ulushini 75% gacha oshirish, 2026-yil oxirigacha moliyaviy va texnik yo‘nalishlarga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ham ko‘zda tutilgan. Tarmoqdagi yo‘qotishlarni 2027-yil yakuniga qadar 25% ga kamaytirish uchun kompaniya ijro organiga asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil oxirigacha issiqlik ta’minoti korxonalarini zamonaviy billing tizimi bilan qamrab olish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga o‘tish va 2027-yil 1-maygacha sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Loyiha issiqlik energiyasi sarfi me’yorlarini qayta ko‘rib chiqishni ham nazarda tutadi. Agar me’yorlar pasaytirilsa, tegishli hududdagi barcha aholi iste’molchilari uchun amaldagi tariflar bir vaqtda kamaytiriladi. Me’yorlar oshgan taqdirda esa tariflar qayta ko‘rib chiqilib, tasdiqlanguniga qadar o‘zgarishsiz qoladi.

Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari joriy yilning 28-oktabrigacha davom etadi.

Avvalroq Spot 1-noyabrdan Toshkentda isitish va issiq suv tariflari 30% ga oshirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.