29-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12628 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7 so‘m 96 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘mga, 20-mart kuni 12575 so‘mni tashkil etdi.

Dollar kursi o‘zining yangi rekord darajasini 13-mart kuni qayd etib, 12546 so‘m bo‘lgandi. Shuningdek, 12-mart kuni ham dollar kursi yangi rekord darajani qayd etgandi. Amerika valyutasining rasmiy kursi 12534 so‘m etib belgilandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.