O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
11-sentabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 783,47 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 14 so‘m 45 tiyinga pasaydi.
25-avgust kuni dollar kursi 39 so‘m 55 tiyinga pasayib, 11 778,52 so‘mni tashkil qilib, 2023-yil 10-avgustdagi devalvatsiyadan keyingi eng quyi darajaga tushdi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan $9,3 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13% ko‘p.
Shu davrda mamlakatdan $1,33 mlrd mablag‘ yuborilgan bo‘lib, xalqaro pul o‘tkazmalarining ijobiy saldosi qariyb $8 mlrdni tashkil etdi. Bundan tashqari, aholi banklarga sotgan xorijiy valyuta hajmi xarid qilganidan $5,5 mlrdga ko‘p bo‘ldi.