7-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Iwash” Avtoblogerni Uzavto Avtosanoati reklama kompaniyasi bilan “vatanparvarlik shartnomasi” mavzusidagi kontrakt parchasi keng tarqaldi.

“UzAuto Motors” matbuot xizmati mazkur shartnomaga “O‘zavtosanoat” hamda “UzAuto Motors” kompaniyalari aloqador emasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniyalar “bloger” deb ta’riflangan shaxslarning hech biri bilan hech qanday shartnomaviy munosabatlarga ega emas.

Avtokompaniya mazkur kontraktning bir qismida buyurtmachi haqida ma’lumot keltirilmaganligi, tomonlarning imzolari mavjud emasligidan kelib chiqib, bu axborotni uydurma va qasddan uyushtirilganligini ishonch bilan bildirdi.

munosabat, uzauto motors

Shuningdek, “UzAuto Motors” kanal adminlari va a’zolaridan axborotni tarqatishdan oldin uni tekshirib ko‘rishni so‘ramoqda.

“Yuqori „oxvat“ ketidan quvib, siz o‘z reputatsiyangizni xavf ostiga qo‘yasiz, shuningdek yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun qonunni buzasiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq “UzAuto Motors” 29-mart kuni “Labo” uchun kontraktatsiyani ochdi. Shu kunning o‘zida belgilangan 18 ming dona “Labo” uchun shartnomalar tuzildi.