Markaziy bankning 9-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12675 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 3-aprel kuni belgilangan 12685 so‘m qiymatga nisbatan 9 so‘m 20 tiyinga pasaydi.

9-aprel kuni “Tengebank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank” va “Infinbank"da sotish kursi 12740 so‘mni tashkil qiladi. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12730 so‘mdan 12690 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12650 so‘mdan 12615 so‘mgacha yetdi.