Markaziy bankning 13-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12664 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 8-aprel kuni belgilangan 12675 so‘m qiymatga nisbatan 11 so‘m 65 tiyinga pasaydi.

13-aprel kuni “Tengebank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank”, “Saderatbank” va “Infinbank"da sotish kursi 12730 so‘mni tashkil qiladi. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12725 so‘mdan 12675 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12640 so‘mdan 12600 so‘mgacha yetdi.