O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12664 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 11 so‘m 65 tiyinga pasaydi.

8-aprel kuni Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9 so‘m 20 tiyinga pasayib, 12675 so‘mni tashkil etgandi.

Dollar kursi 5-aprelda 12685 so‘m, 4-aprel kuni 12680 so‘m, 3-aprelda 12668 so‘m, 1-aprel kuni 12645 so‘m, 29-mart kuni 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12000 so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.