2023−2024 yillarda tadbirkorlik faoliyati sifatida o‘zini o‘zi band qilganlik eng ommabop shakllardan biriga bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 2,8 mlndan oshdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79,5%(1,2 mln)ga ko‘pdir.

2024-yilgacha o‘zini o‘zi band qilganlarni soliqqa tortish juda sodda bo‘lib, yiliga 1 BHM (340 ming so‘m) miqdorida faqat ijtimoiy soliqni to‘lash kerak edi. Ammo joriy yildan prezident qarori asosida bunga o‘zgartirishlar kiritildi. Va natijada hujjatlar aylanmasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Mazkur maqolada Yevgeniya o‘zini o‘zi band qilganlar soliqqa qanday tortilishi va ularni qanday to‘lash mumkinligi, hisobotlarni qachonva qay tarzda topshirish kerakligi haqida so‘zlab berdi.


freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

Yevgeniya Son,

auditor, “Yaran Consulting” buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — bu mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni mustaqil amalga oshiradigan, YaTT sifatida ro‘yxatga olinmagan va mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlamaydiganlardir.

Ular “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, ruxsat etilgan 101ta faoliyat turidan birini tanlashlari kerak.

Soliqqa tortish

Avvallari o‘zini o‘zi band qilganlarning barcha daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan (keyingi o‘rinlarda JShODS) to‘liq ozod qilingandi.

2024-yildan yiliga 100 mln so‘mgacha bo‘lgan daromadlar ham imtiyozli bo‘lib qoladi, 100 mln so‘mdan yuqorisi esa YaTTlar uchun belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Ya’ni:

Soliq turi
Yillik aylanma 100 mlngacha
Yillik aylanma 100 mlndan 1 mlrdgacha
Yillik aylanma 1 mlrddan
JShDS
Imtiyoz
Yo‘q
Yo‘q
Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)
Yo‘q
Ha
Yo‘q
Foyda solig‘i
Yo‘q
Yo‘q
Ha
QQS
Yo‘q
Yo‘q
Ha
Ijtimoiy soliq
Yiliga 1 marotaba
Yiliga 1 marotaba
Yiliga 1 marotaba

Yillik aylanmani qanday hisoblash mumkin. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilganlar bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanadilar. Ya’ni, jismoniy shaxslar bilan ishlashda yillik aylanma NKM asosida hisoblanadi. Yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblar uchun esa hisob-fakturalar beriladi.

Soliqlarni qanday hisoblanadi. Aylanmasi 100 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilganlar uchun soliq to‘lash YaTTlar kabi ko‘zda tutilgan: AOS yoki foyda solig‘i va QQS.

O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor qanday soliqlarni to‘lashlari haqida batafsil bu yerda keltirilgan.

Yillik tovar aylanmangiz 1 mlrd so‘mdan oshsa, siz daromad solig‘i va QQS to‘lovchisiga aylanasiz.

Soliq hisoboti

Yillik aylanmasi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs soliq hisobotini taqdim qilish shart emas. Yillik aylanmasi 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda esa stavka bo‘yicha soliq to‘lashda AOS hisobotini taqdim etish kerak. Agarda ushbu soliqni belgilangan miqdorda to‘lash tanlangan bo‘lsa, hisobot taqdim etish shart emas.

Hisobot topshirish uchun my.soliq.uz saytiga o‘tib, my.soliq.uz saytidagi “YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

Hisobot shakllari” bo‘limi tanlanadi:

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

va keyin soliq turi qatoridan “Aylanmadan olinadigan soliq” tanlanadi:

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

E’tibor qarating, hisobotni to‘ldirishda deyarli barcha ma’lumotlar sizga avtomatik ravishda yuboriladi, siz quyidagilarni diqqat bilan tekshirishingiz kerak:

  • NKMdan olingan daromad ma’lumotlari;
  • elektron hisob-faktura ma’lumotlari;
  • marketpleyslardagi savdo ma’lumotlari.

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

AOS hisoboti har oyda keyingi oyning 15-kuniga qadar topshirilishi kerak, soliqni esa hisobotni topshirishdan oldin to‘lash kerak.

Soliq to‘lash

Soliqlarni to‘lashning eng oson yo‘li my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali hisoblanadi, chunki u yerda soliq to‘lash uchun barcha zarur rekvizitlar ko‘rsatilgan.

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

Siz faqat soliq turini tanlashingiz va miqdorini ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.

freelancer, o‘zini o‘zi band qilish

Hujjatlar aylanmasi

Shartnomalar tuzish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs bilan ishlar (xizmatlar) buyurtmachisi o‘rtasidagi ish muomalasi odatlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda bitim (shartnoma)ni og‘zaki tarzda tuzishga ruxsat beriladi. Shartnoma shartlariga asoslangan munosabatlarda esa shartnomani yozma shaklda tuzish talab qilinadi.

Internet tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatuvchi o‘zini o‘zi band qilganlar quyidagi huquqlarga ega:

  • tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda, norezident jismoniy va yuridik shaxslardan chet eldan ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet el valyutasida to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish;
  • chet el jismoniy va yuridik shaxslariga shartnoma (oferta) bo‘yicha ommaviy taklifni qabul qilish yoki elektron xabarlar almashish yo‘li bilan shartnoma tuzmasdan, hisob-faktura (invoys)lar berish yo‘li bilan, shu jumladan, elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish).

Hisob-fakturalarni chiqarish. Soliq qo‘mitasiga 2020-yilda yuridik shaxslar bilan ishlashda kerak bo‘ladigan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkonini beruvchi mobil ilovani yakunlash topshirilgandi.

2024-yilda elektron hujjat aylanmasi xizmatlari (keyingi o‘rinlarda EHAZ deb yuritiladi) orqali hisob-fakturalarni chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘zini o‘zi band qilganga hisob-fakturalarni rasmiylashtirishda quyidagilar kerak:

  • ERIdan foydalangan holda EHAZ veb-saytiga o‘tish va tizimda ro‘yxatdan o‘tish;
  • xizmatlar turlarini kiritish va faoliyat turi bo‘yicha Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK) kodlarini tanlash;
  • hisob-faktura va ishni tugatganlik to‘g‘risidagi aktni to‘ldirish.

E’tibor qarating, mijozlarga berilgan hisob-fakturalar ma’lumotlari avtomatik ravishda soliq hisobotiga kiritiladi.