13-may kuni valyuta birjasida dollar kursi biroz pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 720 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7,96 so‘mga pasaydi.

Dollar kursi 22-aprel kuni rekord daraja — 21 so‘mga oshib, 12 711 so‘mni tashkil etdi. 10-mayda AQSh valyutasi kursi bu rekordni yangilab, 12 718 so‘mga yetdi. Biroq, 15-may kuni belgilangan valyuta kursi uni ham ortda qoldirib, 12 727,9 so‘m bo‘ldi.

Yil boshidan buyon milliy valyuta Amerika valyutasiga nisbatan deyarli 2,9%ga qadrsizlandi. So‘mning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9%ga pasayib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘mning dollarga nisbatan devalvatsiyasi birinchi chorakda oshganiga izoh berdi. Buning asosiy sababi valyutaga bo‘lgan talab bilan bog‘liq ekanligi qayd etildi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.