2023-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb $35 mlrdga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga, davlat qarzi 2022-yilga nisbatan $5,7 mlrdga o‘sib, $34,9 mlrdni tashkil etgan.

O‘sishning asosiy qismi davlat tashqi qarzi hissasiga to‘g‘ri kelib ($29,64 mlrd) , o‘tgan yil davomida unga $3,73 mlrd qo‘shilgan. Ichki qarz ($5,29 mlrd) esa $1,97 mlrdga oshgan.

davlat qarzi, iqtisodiyot, iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat tashqi qarzi $29,6 mlrdga teng bo‘lib, shundan qariyb $23,9 mlrdi O‘zbekiston hukumati nomidan, $5,7 mlrdi esa davlat kafolati asosida jalb qilingan.

O‘z navbatida, davlat ichki qarzi $5,9 mlrdni tashkil etgan holda, shundan $3,5 mlrdi davlat kafolatlagan va ichki majburiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi esa davlat g‘aznachilik obligatsiyalari hisobidan yig‘ilgan.

Yil davomida davlat qarzining YaIMga nisbati 36,4%dan 38,4%ga oshdi. Shunga qaramay, u XVJ tavsiya qilgan 60% xavfsiz darajadan pastligicha qolmoqda.

2023-yilda hukumat nomidan va O‘zbekiston kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilingan tashqi qarzllar $5,48 mlrdni 2023 yilda mamlakat nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining sof hajmi 16,9 trln so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, davlat tashqi qarzining asosiy kreditori $6,6 mlrd bilan Jahon banki bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda esa Osiyo taraqqiyot banki ($6,4 mlrd) hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ($2 mlrd) turibdi.

Mamlakat Xitoy Eksim bankidan $1,9 mlrd, Xitoy Davlat taraqqiyot bankidan $1,4 mlrd, OIIBdan $1,3 mlrd va Islom taraqqiyot bankidan $0,9 mlrd jalb qilgan. Koreya Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi va XVJdan jalb qilingan qarz har biri $0,8 mlrdni tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Fransiya taraqqiyot agentligi ($0,7 mlrd), Yaponiya xalqaro hamkorlik banki ($0,3 mlrd), YeTTB va Yevropa investitsiya banki (jami $0,3 mlrd) turadi. Yana $3,4 mlrd O‘zbekiston obligatsiyalari egalaridan kelgan.

Avvalroq O‘zbekiston uchta valyutada $1,5 mlrdlik suveren obligatsiyalarini xalqaro bozorga joylashtirgandi. Ulardan tushgan mablag‘lar budjet defitsitini qoplash va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.