Kelgusi besh yil ichida YouTubedagi barcha videolar barcha tillarda sun’iy dublyajga ega bo‘ladi. Bu haqda videoxosting vitse-prezidenti Amjad Hanifga tayanib Bloomberg nashri xabar berdi.

Hozirda YouTube avtomatik dublyaj funksiyasini sakkizta tilda sinovdan o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday roliklarni ko‘rishning 40%dan ortig‘i tarjimadan foydalanuvchi tomoshabinlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, kompaniya tomoshabin noqulaylikni his qilmasligi uchun sun’iy intellekt yordamida videolardagi odamlar lablari harakatlarini tarjimaga moslashni ham rejalashtirmoqda.

Bloombergning qayd etishicha, eng katta o‘zgarish g‘oyasi kino sohasidan olingan va YouTube vafot etgan aktyorlarni “jonlantirish” imkoniyatini yaratadi. Xuddi Forsaj filmidagi Pol Uokernining vafotidan keyin kartinaga “qaytarilishi” kabi. Platforma xuddi shunday qilishni xohlaydi.

Mualliflik huquqi bo‘yicha bahslar hali ham davom etmoqda, ammo Google o‘zini aybdor qilib ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydi: kompaniya mualliflarga ularning videolari evaziga avtomatik tarjima funksiyalarini taklif qilmoqda.

YouTubening amaldagi rahbari Nil Mohan ta’kidlashicha, Google, hech bo‘lmaganda, OpenAI kabi platformadagi kontentni ochiqchasiga olayotgani yo‘q. OpenAI Sora sun’iy intellektini o‘qitish uchun YouTube videolaridan foydalangan edi.


Avvalroq Spot YouTube videolarda fon musiqasi yaratuvchi sun’iy intellekt generatorini ishga tushiradishi haqida yozgandi. Hozirda xizmatning beta-versiyasi faqat aqshlik YouTube hamkorlik dasturiga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.