Hukumat qarori bilan yangi bog‘larni barpo etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga tijorat banki tomonidan kredit mablag‘lari Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4%lik punkt yuqori stavkada milliy valyutada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.
Kreditlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtiriladi.
Bunda mablag‘lar kredit oluvchiga quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
- 1-bosqichda — yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10%igacha;
- 2-bosqichda — ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40%igacha;
- 3-bosqichda — sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30%igacha;
- 4-bosqichda — bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20%i.
Yangi bog‘ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosida ko‘zda tutilgan yer maydoniga mutanosib bo‘lishi kerak.
Bunda 1 gektarga ko‘pi bilan BHMning 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Avvalroq Spot 1-iyuldan daraxt ekkan ayrim fuqarolarga subsidiya ajratilishi haqida yozgandi.
2025−2026 yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda parrandachilik bo‘yicha kooperatsiya loyihalari amalga oshiriladi.