2025-yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 1,1 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan 213,3 mlrd so‘mi, ya’ni 19,4%i 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2,8 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 31,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-avgust oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 62,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 43,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 25,1 mlrd so‘m Oqtepa Food Service — Oqtepa Lavash brendi yakunlab berdi.

Quyida 20 ta umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar ko‘rsatilgan:

Kompaniya nomiTo‘langan soliqlar, mlrd so‘mda
International Foodchain (KFC)
62,4
Mak Food Servis (Evos)43,9
Oqtepa Food Service
25,1
Ketring
23,4
Feedup Eco
5,4
Savdo
5,1
Maxway Food4,7
PJ Eastern Group
4,5
Chef Katering
4,3
Alfa Best
4
Vanilla Food
4
French Pastry
3,9
Wencaf3,7
Bellissimo Pizza International3,6
The Choyxona Group2,8
Dodo Pizza2,6
Xonobod Fayz Taomlari
2,6
Lambic2,5
Real Business Trade2,4
Sam Agro Star
2,4

Avvalroq Spot ChatGPT ishlab chiquvchisi O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida yozgandi.

Bundan tashqari, AQShning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida Soliq qo‘mitasida hisobga olindi.