O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?
Spot may oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin? Qo‘llanma
Lotereya javoblari 3-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da chiqadi. Spot ularni qanday tekshirish hamda tasdiqlash kodi esdan chiqsa nima qilish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
O‘zbekistonda aprel oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz arzonlashishda davom etmoqda. O‘tgan oyda milliy valyuta 20 so‘mdan kamroq qiymatini yo‘qotdi.
Tadbirkorlar nima uchun aktivlarini inventarizatsiya qilishi kerak? Mutaxassis fikri
Auditor Yevgeniya Son “Spot"ga tadbirkorlar nima uchun aktivlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishi zarurligi, buni qaysi vaqt oralig‘ida amalga oshirish kerakligi, shuningdek, bu jarayonning biznesga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini tartibga solishni boshlashni rejalashtirmoqda — Timur Ishmetov
Regulyator BNPL “muayyan xatarlarni” keltirib chiqarishini qayd etmoqda. Banklar aholining qarz yukida bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga oladi. - UzAuto Motors Xorazmda arzon miniven ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Loyiha qiymati $100 mlnni tashkil etib, uning doirasida 2026-yilda Yevro-5 standartidagi 7 o‘ringa mo‘ljallangan avtomobillar yirik uzelli yig‘ish (SKD) usulida ishlab chiqariladi. - Toshkentda 86 ta birinchi yo‘l bo‘yi pulli parkovkalar sinov tarzida ishga tushirildi.
Ulardan biri Amir Temur xiyoboni atrofida joylashgan bo‘lib, avtoturargoh narxi soatiga 12 ming so‘mni tashkil etadi. To‘lovni amalga oshirmaganlik uchun esa jarima belgilangan. - AGTKShlarda metan narxi 5200 so‘mgacha ko‘tarildi.
1-maydan aprel oyida kutilgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berishda yangi tariflar kuchga kirdi. - “Bu vandalizm” — Buxoro hokimligi Labi Hovuz ansambli yonidagi Giotto muassasasini buzmoqda.
Shahar hokimiyati Giotto bilan 2024-yil oxirida muddati tugagan ijara shartnomasini uzaytirmagan va fevraldan buyon ishlamayotgan muassasaga elektr, gaz hamda suv yetkazib berishni to‘xtatgan. Yaqindagina Giottoning sud qarori ustidan apellyatsiya huquqi bo‘lishiga qaramay, hokimiyat binoni buzishni boshladi. - Senat elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Tamaki mahsulotlari hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining noqonuniy muomalasi uchun 75 mln so‘mgacha jarima qo‘llaniladi. Agar huquqbuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori 225 mln so‘mgachani tashkil etadi. - Birinchi chorakda Toshkentda uy-joy ijarasi bozori barqaror qoldi — ITIM
O‘tgan oyda poytaxtda o‘rtacha ijara narxida o‘zgarish kuzatilmadi va bir kvadrat metr uchun $8ni tashkil qildi. - Fuqarolarning yirik miqdordagi pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Qonun loyihasi bilan muhim to‘lov toifasini joriy etish, to‘lov tizimidagi qoidabuzarliklarni toifalarga ajratish hamda uch yoki undan ortiq pul o‘tkazmalari nazoratini avtomatlashtirish rejalashtirilmoqda. - Rossiyada migrantlar uchun maqomlarini qonuniylashtirish muddati 10-sentabrgacha uzaytirildi.
Mazkur muddatgacha Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari o‘zlarining huquqiy maqomini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi kerak. - O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 9,8 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,08 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Uzum Bank: deyarli 40% foydalanuvchi keshbek olish uchun karta bilan to‘lov qiladi
Uzum Bank tadqiqotida O‘zbekistondagi foydalanuvchilarning 82 foizi naqd pulsiz to‘lovni afzal ko‘rishi aniqlandi. Ommabop usullar qatoriga plastik kartalar va QR-kodlar kiradi, ular qulayligi va keshbek olish imkoniyati uchun tanlanadi.
Paynet 2025-yilning birinchi choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
Kompaniya joriy yilning birinchi choragini foydasi 70%ga oshgan holda va tranzaksiyalar hajmi 31 trln so‘mni tashkil etgan holda yakunladi.
Smart Business (sobiq Uzkassa) yangi UZCARD terminalini taqdim etdi
Yangi avlod P10 terminali onlayn-kassa va POS-terminalni birlashtiradi, shuningdek, UZCARD yoki Humo kartalari orqali kontaktsiz to‘lovlarni qabul qila oladi.
Toshkentda “Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar — 2025” xalqaro forumi o‘tkazildi
Forum davlat organlari, tadbirkorlik vakillari, ekspertlar jamoasi va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi ochiq muloqot uchun muhim platformaga aylandi.
Click daromadi 2025-yilning I choragida 29% ga oshdi
Kompaniya asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarning ishonchli o‘sishini va Super App ekotizimining rivojlanishini namoyish etdi — yangi xizmatlarni ishga tushirishdan tortib ijtimoiy va ekologik tashabbuslargacha.