Spot O‘zbekiston banklarining joriy yilning birinchi choragiga oid moliyaviy hisobotlarini o‘rganib chiqdi hamda ulardan ko‘pchiligi aprel oyiga ijobiy ko‘rsatkichlar bilan o‘tganini aniqladi.
Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, natijada sof bozor sharoitida ularning daromadliligini obyektiv baholash qiyinlashadi.
Yanvar-mart oylarida quyidagi 7 ta bank 200 mlrd so‘mdan yuqori sof foyda bilan eng daromadli bo‘ldi:
- O‘zmilliybank — 467,9 mlrd so‘m;
- O‘zsanoatqurilishbank — 403,98 mlrd so‘m;
- Hamkorbank — 393,4 mlrd so‘m;
- Orient Finance Bank — 282,12 mlrd so‘m;
- Ipak Yo‘li Bank — 280,43 mlrd so‘m;
- Kapitalbank — 276,35 mlrd so‘m;
- Trastbank — 200,76 mlrd so‘m.
Quyidagi 6 ta bank 100 mlrd so‘mdan 200 mlrd so‘mgacha foyda olgan:
- Biznesni rivojlantirish banki — 196,35 mlrd so‘m;
- KDB Bank — 149,03 mlrd so‘m;
- Davr bank — 129,81 mlrd so‘m;
- Anor bank — 117,03 mlrd so‘m;
- Asia Alliance Bank — 109,16 mlrd so‘m;
- Octobank — 108,5 mlrd so‘m.
Quyidagi 3 ta bank 50 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha:
- Universal bank — 72,97 mlrd so‘m;
- Aloqabank — 72,21 mlrd so‘m;
- InFinBank — 68,52 mlrd so‘m.
Navbatdagi 14 ta bank esa 50 mlrd so‘mdan kam foyda ko‘rdi:
- Xalq banki — 39,58 mlrd so‘m;
- Uzum bank — 37,8 mlrd so‘m;
- TBC Bank — 31,88 mlrd so‘m;
- MKBank — 24,04 mlrd so‘m;
- Hayot bank — 17,18 mlrd so‘m;
- Agrobank — 17,04 mlrd so‘m;
- Asakabank — 15,9 mlrd so‘m;
- Ziraat bank — 10,59 mlrd so‘m;
- Saderat Bank — 7,73 mlrd so‘m;
- Turonbank — 7,26 mlrd so‘m;
- Poytaxt Bank — 4,96 mlrd so‘m;
- Tenge Bank — 920,87 mln so‘m;
- Smart Bank — 628,51 mln so‘m;
- Mybank — 280 mln so‘m;
Shuningdek, quyidagi 6 ta bank bu davrni zarar bilan yakunlagan:
- AVO bank — 4,97 mlrd so‘m;
- Garant bank — 12,54 mlrd so‘m;
- Yangi Bank — 24,74 mlrd so‘m;
- Yevroosiyo banki — 25,6 mlrd so‘m;
- Apex bank — 26,69 mlrd so‘m;
- Ipoteka-bank — 30,73 mlrd so‘m.
Ikkita davlat banki — Biznesni rivojlantirish banki (2,2 trln so‘m) va Mikrokreditbank (1,7 trln so‘m) 2024-yilni eng ko‘p zarar bilan yakunlagan banklar bo‘lgandi. Yil boshida Markaziy bankda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan media-muloqotda davlat banklari vakillari zararlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan.
Buning asosiy sabablari sifatida asosan yuridik shaxslarga berilgan muammoli kreditlar (NPL) keltirilgan. Natijada davlat banklari o‘z kapitali hisobidan zaxiralar yaratdilar — muddat o‘tishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, zaxiralar bo‘yicha talab shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avvalroq Fitch Ratings uchta davlat banki aksiyalari paketlarining Franklin Templeton boshqaruvidagi Milliy investitsiya jamg‘armasiga o‘tkazilishini ijobiy baholagandi.