Facebook tushkunlikka tushgan o‘smirlarni aniqlash va ularga komplekslarni rivojlantiruvchi maqsadli reklamalarni taklif qilish qobiliyatiga ega. Bu haqda Futurism nashri xabar berdi.
Kompaniyaning bunday harakatlarini Facebook’ning xalqaro siyosat bo‘yicha sobiq direktori Sara Uinn-Uilyams o‘zining “Ehtiyotsiz odamlar” kitobida fosh etgan.
Uning yozishicha, ijtimoiy tarmoqda “arzimas”, “ishonchsiz”, “stressda”, “mag‘lub”, “xavotirli”, “ahmoq”, “foydasiz” kabi so‘zlarga mos keladigan odamlarni izlab, keyin ularga reklama taklif qiladigan maxsus ishlab chiquvchilar bo‘limi mavjud.
Uinn-Uilyams kitobida Facebook’ning harakatlariga aniq misollar keltiradi. Masalan, selfilarini o‘chirib tashlagan o‘smir qizlarga tizim kosmetika reklamasini taklif qiladi, bu esa bolaning komplekslarini yanada kuchaytiradi va shakllanmagan ruhiyatdan foydalanib daromad oladi. Yosh onalar kabi boshqa zaif guruhlar ham bunday ta’sirga duch kelgan.
Bunday holatlarda obro‘sining yo‘qotilishi sababli Facebook’ning huquqshunoslari Uinn-Uilyamsning kitobini “bo‘g‘ib qo‘yishgan”.
Sobiq xodim shunchaki shov-shuv ko‘tarmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanadi, ammo Facebook bunday reklama bilan birinchi marta qo‘lga tushayotgani yo‘q.
2017-yilda OAV qo‘liga kompaniyaning reklama beruvchilar uchun ichki hisoboti tushib qoldi, unda Facebook zaif odamlarni aniqlay olishi mumkinligi aytilgan.
O‘shanda ijtimoiy tarmoq o‘zini oqlashga uringan: kichik tadqiqotchini ishdan bo‘shatib, barcha aybni uning zimmasiga yuklagan va dasturni go‘yoki yopib qo‘ygan. Aslida dasturni yopmagan.
Avvalroq Spot Instagram o‘smirlarning yoshini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, keyingi yil boshida Meta 18 yoshdan kichik foydalanuvchilarni aniqlay oladigan kattalar klassifikatori vositasidan foydalanadi.