Walt Disney kompaniyasi 15 yil ichida birinchi marta yangi tematik park qurilishini e’lon qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Disneylend Abu-Dabi kurort majmuasi dunyoda yettinchi, Yaqin Sharqda esa birinchi bo‘ladi.

Ushbu qaror ikkinchi chorakning kuchli moliyaviy ko‘rsatkichlari fonida qabul qilindi va 2024-moliyaviy yilda kompaniya operatsion daromadining 59%ini tashkil etgan Disney uchun parklarning muhimligini ta’kidlaydi.

Loyiha Abu-Dabining Miral kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi, u kurortni to‘liq rivojlantirish, qurish va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Disney Imagineers ijodiy dizayn va operatsion nazoratni boshqaradi.

2030-yillar boshida ochiladigan dastlabki loyiha bitta tematik park va bir nechta mehmonxonalarni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.

Dam olish maskani Yas orolida joylashadi. Bu orolda allaqachon SeaWorld, Yas Waterworld va Warner Bros. World kabi boshqa ko‘ngilochar obyektlar mavjud. Yas oroli Abu-Dabi markazidan 20 daqiqalik va Dubaydan 50 daqiqalik masofada joylashgan. Disneyland Abu-Dabi sayyohlarni orolga jalb etuvchi asosiy loyiha bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi park barcha Disney kurortlari orasida eng ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishini va’da qilmoqda. An’anaviy ravishda har bir parkning markazida joylashgan qal’a ertaklardagi namunalardan farq qiladi va spiral shaklida kristall tuzilmaga ega futuristik dizayn bilan yaratiladi.


Avvalroq Spot Ilon Mask Dubay ostida avtomobillar uchun yer osti tunnellarini qurishi haqida yozgandi.

Tunnel haydovchisiz avtomobillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 20 mingtagacha yo‘lovchini qabul qila oladi.