Starbucks moliyaviy maslahatchisi orqali potensial investorlarga Xitoydagi biznes istiqbollari va uning o‘sish ssenariylarini baholash uchun murojaatlar yo‘lladi.
Bloomberg‘ning yozishicha, aktivlarning potensial qiymati “bir necha milliard dollar” deb baholanmoqda.
Xitoy kompaniya uchun ikkinchi yirik bozor hisoblanadi: u yerda 7700 dan ortiq qahvaxona faoliyat yuritmoqda.
Starbucks biznesga “makroiqtisodiy omillar va mahalliy raqobatchilarning kuchayib borayotgan ta’siri” haqida ma’lum qildi.
Misol uchun, 2025-yilning birinchi choragida Xitoyning Luckin Coffee kompaniyasi mamlakat bo‘yicha daromadda Starbucks’ni ortda qoldirdi.
Qayd etilishicha, raqobatchi kompaniya $1,2 mlrd daromad olgan bo‘lsa, Starbucks’da esa bu ko‘rsatkich $740 mlnni tashkil qildi.
Avvalroq Spot Starbucks AQShda 3D-printerda chop etilgan birinchi qahvaxonasini ochgani haqida yozgandi.
Qiymati $1,2 mlnlik bino maydoni 130 kvadrat metr bo’lib, olti oydan kamroq vaqt ichida qurib bitkazilgan.