Xitoyning Synyi AI kompaniyasi Saudiya Arabistonida sun’iy intellekt (SI) bemorlarga mustaqil ravishda tashxis qo‘yadigan va retsept yozadigan dunyodagi birinchi klinikani ishga tushirdi, deb yozadi Bloomberg agentligi.
Bemorlarni sun’iy intellekt shifokori Dr. Hua qabul qiladi, planshet orqali shikoyatlarni to‘playdi, tibbiy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va davolash rejasini beradi. Keyin uni tirik shifokor tekshiradi, shuningdek, u shoshilinch holatlarda aralashadi.
“Bu sun’iy intellektni bevosita bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkonini berish yo‘lidagi so‘nggi qadamdir. Sinovning oldingi bosqichida sun’iy intellekt xatolari darajasi 0,3%dan kam edi”, — deydi Synyi AI bosh direktori Chjan Shaodyan.
Hozircha Dr. Hua 30 ta nafas olish kasalliklari bilan ishlayapti, lekin kelajakda 50 ta tashxisga kengaytirish va yangi klinikalar ochish rejalashtirilgan.
Bir necha o‘nlab bemorlar allaqachon bu xizmatdan bepul foydalanishdi. Sinovlar yakunlangach, diagnostika ma’lumotlari Saudiya Arabistoni hukumatiga tasdiqlash uchun yuboriladi. Ruxsatnoma 18 oy ichida berilishi mumkin.
Avvalroq Spot Google yangi sun’iy intellekt tibbiy tizimini taqdim etgani haqida yozgandi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, u tasvirlar asosida tashxis qo‘yish aniqligi bo‘yicha tajribali shifokorlarni ortda qoldira oladi.