E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Spot to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


2025-yil may oyi holatiga ko‘ra, mavjud 35 ta bankdan 25 tasida mikroqarzlar berilmoqda.

Ular minimal ikki oydan maksimal besh yilgacha muddatga, 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha berilishi mumkin.

Ayrim banklar bank mijozlari uchun pasaytirilgan foizda mikroqarzlar beradi. Banklar mikroqarzlarni onlayn va oflayn rejimda berishadi. Masofadan berishda kredit bankning mobil ilovasida rasmiylashtiriladi va mijozning virtual yoki jismoniy kartasiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, agar xohlasa, qarz oluvchi bankka tashrif buyurib, naqd pulda yoki bank tomonidan chiqarilgan kartada pul olishi mumkin.

Kredit uchun garov sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • uchinchi tomon kafolati;
  • sugurta polisi;
  • likvid garov — transport vositalari, ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar — ijobiy kredit tarixi va hozirgi ish joyida kamida olti oy ish tajribasi.

Markaziy bank 2024-yil 1-noyabrdan kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bog‘liq shubhali frod operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy etdi.

Unga ko‘ra, ilova orqali ariza berishda biometrik identifikatsiyadan o‘tish kerak. Bu arizachining shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash imkonini beradi. Agar qarzdorning qarzlari ko‘p yoki muddati o‘tgan bo‘lsa, bank kreditni rad etishi yoki uning miqdorini kamaytirishi mumkin.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va Telegram kanallaridan olingan.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Muddati
Maksimal miqdori
Berish shakli
Asakabank
30%-36%
1 yildan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Agrobank
32%
2 yil
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
32%-34%
2 yildan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Aloqabank
26%-30%
2 oydan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
Anorbank
27%-41%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
44%
Asia Alliance Bank
27,99%-32%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
27,99%-33%
5 yilgacha
35,99%
3 yilgacha
35 mln so‘mgacha
Biznesni rivojlantirish banki

26%-29%*****
4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
27%-30%*
28%-31%
Garantbank
26%-32%1 yildan 4 yilgacha40 mln so‘mgacha
bank kartasiga
1 yildan 4 yilgacha
28%-34%
32%30 oy100 mln so‘mgacha
Davrbank
40%
5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
41%
Hamkorbank
32%-40%
2 yildan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
27%-32%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
InfinBank
29,99%
18 oydan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
34,99%-47,99%
9 oydan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Ipak yo‘li banki
30,9%-40,9%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
25,9%-28,9%
50 mln so‘mgacha
24,9%-27,9%
1 yildan 5 yilgacha*
100 mln so‘mgacha
22,9%-25,9%
23,9%-26,9%1 yildan 3 yilgacha*****
31,9%
1 yilga
10 mln so‘mgacha
Ipotekabank
31,9%-37,9%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Mybank
31,9%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Mikrokreditbank
25%-29%
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
30%**
2 yilgacha
30 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Orient Finans bank
25%1 yilgacha50 mln so‘mgacha

34%3 yilgacha
Poytaxt bank
28%-32%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd pul / bank kartasiga
26%-30%****
TBC Bank
28%-49%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Tenge Bank
30%-32%
4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd
30%-39,9%
3 yilgacha
90 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Trastbank
28%-30%
1 yildan 3 yilgacha*
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
26%-28%*
1 yildan 3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Universalbank
30%**-32%
3 yil
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Uzumbank
44%
1 yil
25 mln so‘mgacha
bank kartasiga
O‘zsanoatqurilishbank
27,9%-28,9%**
1 yildan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
31%-34%
O‘zmilliybank
26%-27%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
25%-29%
2 yildan 5 yilgacha
Xalq banki
25%-30%**
4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
27%-32%
Ziraat Bank Uzbekistan
27%-28,5%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga

*O‘z-o‘zini band qilganlar uchun.
**Bank mijozi bo‘lganda.
***Talabalar uchun.
****Ta’minotli mikroqarzlar uchun.
*****Maosh loyihasiga ega bo‘lganlar uchun.