Mamlakat aholisi ilk bor 2023-yilda Open’dan foizsiz muddatli to‘lov xizmati haqida bilib oldilar va bugungi kunda ushbu xizmat deyarli hammaning diqqat markazida. 2 mlrd so‘mdan ortiq — bu Open muddatli to‘lovi mijozlarining hamkor do‘konlarida amalga oshiradigan kunlik xaridlari miqdoridir.
Open muddatli to‘lovi qisqacha raqamlarda:
- eng katta limitlardan biri — 75 mln so‘mgacha;
- O‘zbekiston bo‘ylab hamkor do‘konlar soni — 3500 dan ortiq mahsulot;
- 0% miqdorda dastlabki to‘lov, penya va jarimalarsiz;
- keng miqdordagi mahsulot va xizmat takliflari, shu jumladan, tibbiy xizmatlar, ta’lim va aviachiptalarni to‘lash imkoniyati.
“Hamkorlarimiz orasida O‘zbekiston hududidagi eng yirik savdo tarmoqlari, bozor yetakchilari qatorida o‘rta va kichik do‘konlar ham borligidan faxrlanamiz. Biz ularning har biri uchun biznesni rivojlantirishda ishonchli yordamchi bo‘lishga intilamiz”, — dedi Open muddatli to‘lov loyihasi rahbari Lev Nikitin.
Open’ning marketing yo‘nalishidagi ko‘magi hamkor do‘konlar savdosini oshirishga yordam bermoqda: jumladan, muntazam ravishda qiziqarli takliflar va aksiyalarning reklamasi, shaxsiylashtirilgan SMS va push-bildirishnomalar ko‘rinishida mijozlar bazasiga ta’sir qilish hamda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar. Shuningdek, bu kabi imtiyozlarga muvaffaqiyatli biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan jozibador shartlarni ham qo‘shsh mumkin. Kerak bo‘lgan yagona narsa — hisob menejeri orqali Open bilan bog‘lanish.
“Open muddatli to’lov xizmati — MediaPark’ning ishonchli hamkori bo’lib, mijozlarimizga ortiqcha to’lovlarsiz qulay va shaffof xarid qilish imkoniyatini ta’minlaydi. Biz birgalikda barqaror o’sish va rivojlanish uchun sharoit yaratmoqdamiz, zamonaviy texnologiyalarni har bir inson uchun qulayroq qilib bermoqdamiz”, — dedi Mediapark direktori Temur Ortikov.
“Techi uchun Open platformasi oddiy muddatli to‘lov tizimi emas, balki ishonchli yordamchidir. Tasavvur qiling: xarid qilish oson, shartlar aniq, mijoz esa xotirjam. Biz uchun esa bu — savdoni tezlashtiradigan, ishonchni oshiradigan va o‘sishga turtki beradigan haqiqiy hamkorlik”, — deya ta’kidladi Techi bosh direktori Nurmuhammad Kushmuhamedov.
“Hamkorlik davomida biz Open ishonchli hamkor ekanligiga va u bilan birgalikda o‘sish oson ekanligiga amin bo‘ldik. Qulay yechimlar, shaffof shartlar va a’lo darajadagi qo‘llab-quvvatlash — savdoning ishonchli o‘sishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalardir. Umid qilamizki, kelajakda yanada ko‘proq umumiy g‘alabalarga erishamiz”, — dedi Openshop bosh direktori Sardor Karimjonov.
Takroriy xaridlarning oshib borishi
Savdolarning muhim tarkibiy qismi sifatida Open limiti egalarining xaridlarni qayta-qayta amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini keltirib o‘tish joizdir. Har kuni minglab Open mijozlarining aksariyati hamkor do‘konlarga xaridlarni amalga oshirish maqsadida qaytib keladilar. Eng ommalashgan xarid turlari esa — bu, albatta, maishiy texnika va gadjetlardir. Open muddatli to‘lovining eng muhim afzalliklaridan biri shundaki, mijozlar kartalaridagi limitning mavjudligi ularga istalgan vaqtda navbatdagi xaridni amalga oshirish imkonini beradi. Takroriy xaridlar esa skoringdan qayta o‘tishni talab etmaydi.
“Mijozlarning takroriy xaridlari evaziga Open aylanmasi ulushi hamda umumiy mijozlar bazasi tez o‘sib bormoqda. Biz karta egalari va savdogarlarga birdek yoqadigan mahsulotni O‘zbekiston bozoriga taklif qilganimizdan xursandmiz. Shuningdek, Open muddatli to‘lovi loyihasini yaratishda va rivojlantirishda bizning ishonchli hamkorimiz bo‘lgan Agrobank ATB jamoasiga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu loyihamizni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomalarini tuzib, yana ikkita bank bilan texnik integratsiyani amalga oshirmoqdamiz. Natijada, Open muddatli to‘lovi xizmati yangi xususiyatlarga ega bo‘lib, har bir mijoz uchun yanada jozibador ilovaga aylanadi. Mijozlar, do‘konlar va banklar bir qator qulay va foydali imkoniyatlarga ega bo‘ladilar”, — dedi Lev Nikitin.
Reklama huquqlari asosida.