22-may kuni bitkoin kursi birinchi marta $111 mingdan oshdi. Bu haqda CoinMarketCap ma’lumotlarida keltirilgan.
Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 08:55 atrofida psixologik belgidan o‘tgan. Token uchun $111,7 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.
Xabar e’lon qilingan vaqtda bitkoin $111,488ga sotilmoqda. So‘nggi sutkada kurs taxminan 4%ga ko‘tarildi, haftalik o‘sish esa biroz ko‘proq — 8,36%ni tashkil etdi.
Nexo kriptobirjasining hammuassisi Antoni Trenchev AQSh va Xitoy o‘rtasidagi taqiqlangan savdo bojlarining to‘xtatilishini kriptoinvestorlar optimizmining asosiy sabablaridan biri deb atadi. Shuningdek, u muqobil aktivlarga qiziqish uchun rag‘bat sifatida Moody’s agentligining Amerika iqtisodiyoti reytingini pasaytirishga qaror qilganini ta’kidladi.
“Ehtimol, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy kengroq [savdo] kelishuvini kelishib olgunga qadar, riskli aktivlarning gullab-yashnashi uchun uch oylik oyna ochilgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Trenchev.
AQShning Xitoyga qarshi bojlaridan keyin aprel oyida kriptovalyuta narxi $76 minggacha pasayib ketgan edi.
Ko‘plab tahlilchilar Bitkoin 2025-yil oxirigacha $150 ming-200 ming oralig‘ida bo‘lishini prognoz qilmoqda.
17-dekabr, payshanba kuni bitkoin kursi $108 mingdan oshgandi. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 20:00 atrofida mazkur narxni qayd etgan. Keyinchalik uning narxi pasaydi.
5-dekabr kuni bitkoin kursi $100 mingdan oshdi. Savdoning yuqori nuqtasida token Toshkent vaqti bilan 7:40 atrofida psixologik belgidan o‘tgan. Yarim soat o‘tgach, token uchun $103 mingdan ortiq taklif qilindi, shundan so‘ng narx ushbu belgi atrofida kichik tebranishlar bilan barqarorlashdi.
15-dekabrdan 16-dekabrga o‘tar kechasi kriptovalyuta qiymati $106 mingni tashkil etgandi. Eng yuqori cho‘qqida u 106,6 ming dollarga yetgan.
6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.
10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi. Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi fonida kriptovalyuta narxi 16%ga oshdi.