Tadbirda Click kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov taqdimot qilib, unda kompaniyaning raqamli transformatsiya masalalari bo‘yicha pozitsiyasini ko‘rsatib berdi. Uning nutqida asosiy e’tibor texnologiyaga emas, balki foydalanuvchilar raqamli xizmatlar yordamida hal qiladigan haqiqiy kundalik vazifalarga qaratildi.

“Inson aviachipta sotib olayotganda, u shunchaki pul o‘tkazishni emas, balki kerakli joyga yetib borishni xohlaydi. Agar fintex mahsuloti bu muammoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilmasa, u e’tibordan chetda qoladi”, — deya ta’kidladi Rustamov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha Click qarorlari bitta oddiy savolga asoslanadi: “Foydalanuvchi bizning mahsulotimizni qaysi vazifani amalga oshirish uchun qo‘llaydi?” Bu kompaniya xizmatlarni qanday loyihalashini belgilaydi — funksiyalar atrofida emas, balki maqsad atrofida — sotib olish, to‘lash, qabul qilish.

“Bizda umumiy maqsad bor — naqd pul aylanmasini naqdsiz pulga o‘tkazish. Biz naqd puldan butunlay voz kechganda, barcha g‘alaba qozonadi. Foydalanuvchi bankda karta ochadi va biz foydalanuvchiga chipta xarid qilishdan tortib sug‘urta rasmiylashtirishgacha bo‘lgan har qanday vazifani hal qilish imkonini beruvchi minglab xizmatlarni taklif qilamiz”, — deya ta’kidladi Ulug‘bek Rustamov.

CEO naqd pul ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish doirasida kompaniya bugungi kunda alohida e’tibor qaratayotgan bir nechta asosiy yo‘nalishlarni qayd etdi:

  • birinchi navbatda: mikroto‘lovlar, chunki bu yerda odat tusiga kirgan kunlik to‘lovlar jamlangan: transport, avtomatlar, avtoturargohlar, ko‘ngilochar bog‘lar va zonalarga tashrif buyurish. Bu joylarda ilova yordamida to‘lash qulayroq va ko‘pincha foydaliroq bo‘lsada, ammo naqd pul hali ham ustunlik qiladi;
  • onlayn savdo: bozorlar o‘rniga. O‘zbekistonda onlaynga o‘tgan tadbrikorlar soni tobora ortib bormoqda. Aynan shuning uchun kompaniya o’z strategiyasini miniapplar atrofida yaratmoqda — shunda tadbirkorlar minimal kuch sarflagan holda onlayn-tijorat ishtirokchisiga aylanadi. Kompaniya maqsadi — mini ilovalarni yaratish jarayonini oson va tushunarli qilish. O‘zbekistonda onlayn tovar va xizmatlar taklifi tobora ko‘payib bormoqda va bu talabning ortib borayotgani bilan bog‘liq. Odamlar o‘zlari va vaqtlarini tanlaydilar, ayniqsa mazkur xizmatlarning qulayligi allaqachon sinab ko‘rilgan hollarda. Va kerakli mahsulotni ham qulaylikni ham Click orqali olish mumkin;
  • katta xarajatlar: to‘ylar, mashinalar, ko‘chmas mulk — buning uchun pul yig‘ish kerak va ko‘p odamlar hali ham “yostiq ostida” pul yig‘ishga harakat qilishadi. Natijada yirik to‘lovlar ham naqd pulda amalga oshiriladi. Ammo foydalanuvchi uchun foydaliroq variantlar mavjud va kompaniyaularni amalga oshirishga yordam berishi mumkin.

“Biz naqd pulsiz hisob-kitoblarni kichik va yirik operatsiyalar uchun normaga aylantirish yo‘lida imkon qadar harakat qilyapmiz. Hozir dunyoda $3−5 ming miqdoridagi naqd pulni hech kim qabul qilmaydi,bankka boring”, deyishadi", — ta’kidladi Rustamov.

Ulug‘bek Rustamov, shuningdek, foydalanuvchi xatti-harakatlarini o‘zgartirish haqida gapirdi:

“Odamlar hoziro‘nlab ilovalarni yuklab olishni, ro‘yxatdan o‘tishni va har biriga karta ma’lumotlarini kiritishni xohlamaydilar. oddiylik — muhim. Agar yagona ilovada xarid qilish, buyurtma berish, to‘lash imkoniyati bo‘lsa — bu yutuq demakdir. Ya’ni, bu odat darajasidagi haqiqiy embedded finance (ichki moliyaviy xizmatlar) bo‘la oladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Click foydalanuvchi jarayon haqida bosh qotirmasdan, bevosita natijani olishini ta’minlashga e’tibor qaratmoqda.

“Ilgari odamlar gullarga buyurtma berib, so‘ng guldasta uchun qayerda to‘lashni alohida izlar edilar. Endilikda Click’ga kirish yetarli — unda hammasi mujassam. Bu ‘ficha' emas. Bu — foydalanuvchilar bizdan kutayotgan harakat”, — dedi Ulug‘bek Rustamov.

Sun’iy intellektning kelajagi haqidagi tezkor savolga u shunday javob berdi:

“Biz allaqachon sun’iy intellektdan foydalanmoqdamiz, ammo odamlarni ishdan bo‘shatish uchun emas, balki ularning ishini osonlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish uchun”, — deya xulosa qildi u.


Visa Cashless forumi shuni ko‘rsatdiki: bozor endi tezlik va miqyosdan tashqari, ishonch, qulaylik va odat kabi omillarga ham tayanadigan bosqichga o‘tmoqda. Click uchun bu keskin burilish emas, balki kundalik hayotdagi ssenariylar darajasida ishlovchi yechimlarni rivojlantirish kabi yo‘nalish to‘g‘ri tanlanganligining tasdig‘idir.

Reklama huquqlari asosida.