Avvalroq mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan mebel ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonga olib kelinadigan ayrim xomashyo mahsulotlariga bojlar pasaytiriladi.

Xususan, mebel ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan 14 turdagi xomashyo, ehtiyot qism, furnitura va aksessuarlar importiga 1% miqdoridagi bojxona boji 2029-yilgacha amal qiladi.

Bular qatorida emal va laklar hamda ularni o‘chirishda ishlatiladigan eritgichlar, tayyor yelim, yog‘och qirindi va tolali plitalar, shuningdek, tasma va lentalar bor.

Quyidagi jadvalda ularning ro‘yxati hamda TIF TN kodi keltirilgan:

T/r
TIF TN kodi
Nomlanishi
1
3208 90 9109
Sintetik polimerlarga asoslangan, suvsiz muhitda tarqalgan yoki erigan bo‘yoqlar va laklar (shu jumladan emal va laklar)
2
3208 90 990 0
Kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan bo‘yoqlar va laklar (jumladan, emal va polituralar)
3
3506 91 0000
Tayyor yelim
4
3814 00 9000
Bo‘yoq va laklarni o‘chirish uchun tayyor eritkich va suyultirgichlar
5
3920 30 0000
ABS qirralar, polimer stiroldan tayyorlangan, g‘ovaksiz, mustahkamlanmagan, qatlamsiz, tagliksiz va boshqa materiallar bilan o‘xshash usulda biriktirilmagan plitalar, listlar, plyonkalar, tasmalar yoki lentalar
6
3926 30 0000
Mebel uchun mahkamlaydigan buyumlar va furnitura
7
4410
Yog‘och qirindili plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno)
8
4411Yog‘och tolali plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno)
9
5407 53 000 0
Mebel uchun tarkibida 85 mas.% yoki undan ortiq poliefir bo‘lgan, teksturalangan, turli rangdagi kompleks iplardan tayyorlangan gazlama
10
7318 14
7318 15
Qora metalldan ishlab chiqarilgan o‘zi qirqar vintlar, komplektida gayka yoki shayba bo‘lgan yoki bo‘lmagan boshqa vintlar va boltlar
11
8302 10 0000
8302 20 0000




8302 42 0000
Qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan mahkamlovchi armatura, furnitura, kronshteynlar, sharnirlar va shunga o‘xshash mebel uchun ishlatiladigan buyumlar


Qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan mahkamlagichli mebel g‘ildiragi
12
8302 60 000 9
Eshiklarni avtomatik yopuvchi qimmatbaho bo‘lmagan metalldan yasalgan qurilmalar
13
8305 20 000 0
Mebellarni qoplashda ishlatiladigan bloklarda simli skobalar
14
9403 99 000 1
Metalldan yasalgan mebel qismlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi uch oy ichida Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini hukumatga kiritishi belgilandi.

Bu mebel sanoatida foydalaniladigan, o‘xshashi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mamlakatga olib kiriladigan, QQSdan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar distribyutorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotilganda QQS bo‘yicha soliq bazasini mazkur asbob-uskunalarni sotib olish va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlash tartibini joriy etishni nazarda tutadi.

Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mebelsozlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytirilishini ma’lum qilgan edi. O‘shanda prezident mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura hamda aksessuar uchun bojni uch yilgacha 1% etib belgilash bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni topshirdi.

Shuningdek, malakali mutaxassislarni jalb qilib, yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy ko‘nikmalarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirilgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirilgani haqida xabar berilgandi.