11-iyundan boshlab Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnovlar haftaning toq kunlarida Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan. Qatnovlarni “Uzautotrans Service” amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya mazkur yo‘nalishda buyurtma qatnovlarini ham bajaradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: +998712078702, +998941319999, +998886661515.


Avvalroq Spot 2025-yilning yozidan Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd harakati boshlanishi haqida yozgandi.

O‘zbekiston temir yo‘llari Turkmaniston, Tojikiston hamda Qirg‘iziston bilan yuk tashuvlarini amalga oshirishda tariflarni pasaytirishga kelishib oldi.