May oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi ketma-ket uch oylik rekord ko‘rsatkichdan keyin biroz oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-iyun holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $49,66 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $410,2 mlnga yoki 0,83% ga ko‘pdir.

Oltin zaxiralari deyarli o‘zgarishsiz qoldi — $37,65 mlrd. Uning fizik hajmi biroz kamayib, 11,4 troy unsiya (353,85 tonna) ni tashkil etdi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $409,4 mlnga oshib, $10,74 mlrdga yetdi. Boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlaridagi valyuta zaxiralari miqdori $550,6 mlnni hamda xorijiy banklarda $10,18 mlrdni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hajmi may oyida bir baravar — $706,3 mlnga oshdi.

Aprel oyida regulyatorning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uch oy davomida rekordni yangilab, $49,2 mlrddan oshgandi. Xalqaro aktivlar hajmi $1,4 mlrdga o‘sdi, valyuta zaxiralari esa $11 mlrddan ortiqni tashkil etdi. Oltin zaxirasining tonnasi 11,8 mln troya unsiyasidan 11,5 mln troya unsiyasigacha kamaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston aprel oyida ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi. Markaziy bank aprel oyida 11 tonna qimmatbaho metall sotdi, yillik hisobda sof oltin savdosi 26 tonnani tashkil etdi.

Fevral oyida mamlakat 12 tonna qimmatbaho metall sotuvi bilan Qozog‘istonni (8 tonna) ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylandi. Mart oyida mamlakat qimmatbaho metall sotish bo‘yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi va 11 tonna oltin sotdi.

Avvalroq 2025-yilda birjaga chiqariladigan oltin hajmini oshirish hamda hududlardagi zargarlik markazlari uchin oltin zaxirasini yaratish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.