Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda B. B. A. OKga qarashli omuxta yem ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1 mlrd 894 mln so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Spot Farg‘onada “zapravka” 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Xususan, shoxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.