Raqamlashtirish davri, mijozlarning yuqori talablari sharoitida biznesning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatiga bog‘liq. Aynan shu vaziyatda SmartOne — zamonaviy moliyaviy, raqamli va apparat yechimlarini ishlab chiqaruvchi hamda tizim integratori yordam beradi. Kompaniya davlat idoralari uchun soliq hisobotlarini avtomatlashtiruvchi va tadbirkorlarga to‘lovlarni qabul qilish, operatsiyalarni boshqarish hamda tahlil qilish vositalarini taqdim etuvchi ekotizimni yaratmoqda.
SmartOne xalqaro Digital Uzbekistan PLAS-forumida: to‘lovlar sohasidagi innovatsiyalar
28−29 may kunlari poytaxtimizdagi “International” mehmonxonasida Markaziy Osiyoning eng yirik tarmoq tadbirlaridan biri — xalqaro Digital Uzbekistan PLAS-forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu nufuzli biznes-forum O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir davlat sektori va biznes vakillari, nazorat organlari, banklar, fintech kompaniyalari, chakana savdo va biznesni raqamlashtirish uchun yechimlar taqdim etuvchilarni yagona maydonda jamladi.
SmartOne kompaniyasi tadbirning rasmiy homiysi sifatida to‘lovlarni qayta ishlash sohasidagi eng so‘nggi innovatsiyalarini namoyish etdi.
SmartOne o‘z yechimlari orqali raqamli o‘zgarishlar sharoitida biznes uchun yangi imkoniyatlar taqdim etgan holda moliyaviy operatsiyalarni qanday optimallashtirib, xavfsizligini ta’minlashini namoyish etdi. SmartOne’ning ishtirok etishi bozorning samarali va zamonaviy to‘lov texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borayotganini ko‘rsatdi.
Kompaniya"aqlli" terminallar, kassa va bank dasturiy ta’minoti, ERP va CRM tizimlarini o‘z ichiga olgan tayyor ekotizimni taklif etadi. Bularning barchasi bir vaqtning o‘zida ishlaydi, tadbirkorlarni kundalik mayda ishlardan ozod qilib, rivojlanish va mijozlar tajribasiga e’tibor qaratish imkonini beradi.
SmartOne mahsulotlari:
- SmartOne Bank — yagona ilovada hisob-kitoblarni boshqarish, har qanday to‘lovlarni qabul qilish hamda SMS, elektron pochta yoki messenjerlar orqali qog‘oz yoki elektron cheklar chiqarishni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali mobil terminal. Ixcham o‘lchamlari tufayli qurilma restoranlar va kuryerlik xizmatlari uchun juda qulay;
- SmartOne Bank Pro — kattaroq ekranli yirikroq terminal bo‘lib, dok-stansiyaga ulanganda statsionar ish stansiyasiga aylanadi. U yordamida buxgalteriya hisobini yuritish, to‘lovlarni qabul qilish va mijozlarga cheklar zudlik bilan yuborish oson kechadi;
- SmartOne Bank Pro S — mijoz uchun qo‘shimcha ekranli va yuqori unumdorlikka ega Pro versiyasi bo‘lib, tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘p bo‘lgan joylar uchun eng maqbul tanlovdir. Qudratli protsessori to‘lovlarni tez qayta ishlashni ta’minlaydi;
- SmartOne Validator — jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan validatordir. Qurilma transport tizimlariga oson ulanib,ko‘plab to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Restoran sohasi uchun kompaniya buyurtmalarni qabul qilish hamdayetkazib berishni boshqarish uchun dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan SmartOne Click yechimini ishlab chiqdi. Uskunalar to‘plami va dasturiy ta’minot umumiy ovqatlanish korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtiriladi. Interfeys sozlamalari xodimlar ishining samaradorligini va mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish imkonini beradi. Savdo hisobotlari esa restoran egasiga menyu va marketing strategiyalarini takomillashtirish imkonini yaratadi.
Xavfsizlik — ustuvor yo‘nalish
SmartOne xalqaro PCI DSS (To‘lov kartalari sanoati ma’lumotlar xavfsizligi standarti) sertifikatiga ega, bu esa foydalanuvchilar ma’lumotlarining yuqori darajada himoyalanganligini tasdiqlaydi. Bu degani, SmartOne tizimi orqali amalga oshiriladigan har bir to‘lov qat’iy xalqaro xavfsizlik standartlariga to‘liq mos keladi.
Biznesni boshqarish ekotizimi
SmartOne yagona ekotizimi apparat va dasturiy yechimlarni birlashtirgan holda, biznesning o‘sishi uchun qulay raqamli muhitni yaratadi. Tadbirkorlar yagona interfeys orqali savdo, inventarizatsiya va asosiy biznes ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bunday tizim real vaqt rejimida shaffof tahlillarga asoslanib, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Qo‘shimcha nazorat vositalari esa xavf-xatarlarni kamaytirish va firibgarlikdan himoyalanishga yordam beradi.
Davlat tuzilmalari uchun yechimlar
SmartOne davlat organlari uchun soliq yig‘ish samaradorligini oshirish, shuningdek, moliyaviy oqimlarning shaffofligini ta’minlash vositalarini ham taklif etadi. Platforma turli savdo nuqtalaridan olingan savdo ma’lumotlarini birlashtirish va soliq xizmatlari uchun hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Real vaqt rejimidagi nazorat soliq yig‘ishdagi nomuvofiqliklar va qonunbuzarliklarni tezkor aniqlashga ko‘maklashadi. Bunday yechimlar Osiyo va Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlarida allaqachon joriy etilgan.
Xalqaro miqyos
Bugungi kunda SmartOne quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kompaniyaning bosh qarorgohlari London va Dubayda joylashgan;
- Shenchjenda qurilma yechimlari ishlab chiqilmoqda;
- Sharqiy Yevropadagi SmartOne axborot texnologiyalari jamoasi mavjud;
- 20 dan ortiq mamlakatda 200 mingdan ziyod POS-terminallar o‘rnatilgan;
- Osiyo va Yaqin Sharq bozorlarida mahsulotlar muvaffaqiyatli joriy etilgan.
Moslashtirish, moslashuvchan moslashuv va xizmat
Yirik buyurtmalar uchun (1500 terminaldan) kompaniya terminallarni brendlash va foydalanuvchi interfeysi imkoniyatini taqdim etadi. Kompaniya noyob biznes vazifalari uchun apparat modullari va qo‘shimchalarni individual ishlab chiqishni amalga oshiradi. Dasturiy yechimlar qo‘shimcha tahlil modullari bilan kengaytirilishi yoki tashqi ERP va CRM tizimlari bilan birlashtirilishi mumkin.
Shiddatli texnologik taraqqiyot va mijozlar talablarining o‘sishi sharoitida SmartOne yechimlari biznes va davlat sektori uchun asosiy vositaga aylanmoqda. Kompaniya strategiyasining markazida innovatsiyalar, xavfsizlik va dunyoning turli mintaqalarida sinovdan o‘tgan tajribasiga asoslangan to‘lovlarni avtomatlashtirish va operatsiyalarni boshqarish turadi.
Telefon: (+998) 78−113−80−08.
E-mail: info@smartone.uz
Sayt: smartone.uz
Facebook: fb.com/SmartOneUzbekistan
Instagram: @smartone_uzbekistan
Telegram: t.me/smartoneuzb
Reklama huquqlari asosida.