2025-yilning yanvar-aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 528 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan 101,1 mlrd so‘mi, ya’ni 19,1%i 20ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,2 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 11,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-aprel oylarida eng ko‘p soliq to‘lagan umumiy ovqatlanish korxonasi KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain bo‘ldi. Korxona tomonidan 31,2 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis — Evos brendi turibdi. Kompaniya 20,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kuchli uchlikni 12,2 mlrd so‘m Oqtepa Food Service — Oqtepa Lavash brendi yakunlab berdi.

Quyida 20ta umumiy ovqatlanish korxonalari har birining tovar aylanmasi, to‘langan soliqlari va imtiyozlari ko‘rsatilgan:

Kompaniya nomiTo‘langan soliqlar, mlrd so‘mda
International Foodchain (KFC)
31,2
Mak Food Servis (Evos)20,3
Oqtepa Food Service
12,2
Ketring
11,5
Feedup Eco
2,6
Savdo
2,3
PJ Eastern Group
2,2
Chef Katering
2,1
Vanilla Food
1,8
French Pastry
1,7
French Pastry
1,5
Alfa Bes
1,5
Renservis Bekobod1,4
Xonobod Fayz Taomlari
1,3
The Choyxona Group1,3
German Cuisine1,3
Sweet Food Tasty Group1,3
Ohangaron Turon Baraka1,2
Sam Agro Star1,2
Efendi Co1,2

Avvalroq Spot ChatGPT ishlab chiquvchisi O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida yozgandi.

Bundan tashqari, AQShning DigitalOcean bulutli xizmatlar provayderi ham elektron xizmatlar yetkazib beruvchisi sifatida Soliq qo‘mitasida hisobga olindi.