Issiq ob-havo kuzatilyo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar berdi.
“Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, cheklovlar kiritilishi natijasida poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi mijozlardan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq 15-iyundan Afrosiyob elektropoyezdlari qatnovi vaqti o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, elektropoyezdlarning ayrim shaharlarga qatnovlari vaqti ko‘chiriladi.