UzAuto Motors bir kun ichida Chevrolet Malibu-2 avtomobilining qayta kontraktatsiyasini yakunladi. Bu UzAutoSavdo savdo platformasidan ma’lum bo‘ldi, ushbu model shartnoma tuzish uchun mavjud emas.
18-iyun kuni avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chevrolet Malibu-2 avtomobillari uchun to‘lov amalga oshirilmagan shartnomalarni sotuvga chiqardi. Biroq ularning soniga aniqlik kiritilmagan.
“„O‘zavtosanoat“ AJ oldingi kontraktatsiya vaqtida tuzilgan Chevrolet Malibu XL avtomobillarining belgilangan muddatlarda to‘lanmagan hajmlari sotuvga qo‘yilayotganini ma’lum qiladi”, — deyiladi kompaniya izohida.
Joriy yilning aprel oyi boshida UzAuto Motors Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya ular bilan to‘liq shartnoma tuzilganini ma’lum qilib, tez orada ularning sotuvini qayta tiklashga va’da berdi.
29-may kuni UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL avtomobillari sotuvi qayta tiklanganini e’lon qildi. Oradan 42 daqiqa o‘tib, avtomobil ishlab chiqaruvchisi UzavtoSavdo onlayn platformasida Malibu XL avtomobillari uchun kontraktatsiya yakunlanganini ma’lum qildi. Biroq, kompaniya shartnoma natijalarini ochiqlamadi, ularni “korporativ sir” deb atadi.
Iyun oyida UzAuto Motors UzAvtoSavdo platformasining avtomobillar uchun onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega yangilangan versiyasini ishga tushirdi. Endi avtomobillar uchun onlayn to‘lov qilish mumkin. Dilerlik markaziga faqat avtomobilni olish uchun borish kerak bo‘ladi. Kompaniya test-drayvga yozilish funksiyasini ishga tushiradi.
Avvalroq Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Bungacha u 2021-yildan buyon UzAuto Motors kuzatuv kengashi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.