Dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

21−22 iyun — shanba va yakshanba kunlari quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima qo‘llagani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, 17 ta bank ustav kapitali va muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha talablarni bajarmagan taqdirda chora va sanksiyalar qo‘llanilishidan ogohlantirildi.