Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekistonning tog‘li va cho‘l hududlarida ekstremal turizmni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini tasdiqlandi.

Ziplayn-attraksionlar va kanat parklari (tayparklar) ni tashkil etuvchilar ularni qurish xarajatlarining bir qismini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilishlari mumkin bo‘ladi. Subsidiyalar 2025-yil 1-iyuldan 2027-yil 1-yanvargacha to‘lanadi.

Kanat parkini tashkil etish uchun to‘lov 80 mln so‘mni tashkil etadi, uning maydoni kamida 150 kvadrat metr bo‘lishi kerak. Uzunligi kamida 200 metr bo‘lgan ziplaynlar uchun subsidiya 100 mln so‘mga teng bo‘ladi.

To‘lovlarni olish uchun majmua muassisi Turizm qo‘mitasiga ariza topshirishi lozim. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • kanat park yoki ziplayn uchun foydalaniladigan yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • majmua bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining nusxasi;
  • qabul qilish komissiyasining majmuani foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining majmuadan foydalanishga ruxsatnomasi;
  • zarur hollarda — taqdimot materiallari.

Ariza Turizm qo‘mitasi komissiyasi tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi, zarur hollarda muddat 20 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Shundan so‘ng subsidiya ajratish yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Qo‘mita mablag‘larni majmua muassisining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisob raqamiga o‘tkazadi. To‘lov 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Agar rad etilsa, tadbirkor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli materiallarni ilova qilgan holda takroriy ariza berish uchun 14 ish kuni oladi. U 7 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.


Avvalroq Spot Toshkent markazida qiymati $175 mlnlik ikki minorali osmono‘par bino qurish taklif etilayotgani haqida yozgandi. Renovatsiya loyihasining tashabbuskori Foton hisoblanadi. Binolardan birining balandligi 53 qavatdan iborat.