Germaniya regulyatori Apple va Google’dan DeepSeek’ni Germaniyadagi ilovalar do‘konlaridan olib tashlashni talab qildi. Bu haqda Spiegel xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat rasmiylari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligidan xavotirda ekanligini bildirishgan.
Qarorni Berlindagi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakil Make Kamp ishlab chiquvchi Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglamentini buzganiga asoslanib qabul qildi.
Amaldorning ta’kidlashicha, qonun Yevropa Ittifoqidan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Xitoyga o‘tkazishni taqiqlaydi, shuningdek, DeepSeek “Yevropaga teng” himoya darajasini ta’minlamagan.
Kamp Germaniya hududidagi App Store va Google Play’dan Xitoy ilovasini olib tashlashni talab qildi. Apple va Google hozircha bu talabga javob bermadi, biroq ular “tezkor” choralar ko‘rishi kerak, deya ta’kidlaydi Bloomberg.
2025-yil may oyida Germaniya hukumati DeepSeek’ga foydalanuvchilarni ishonchli himoya qilish choralarini joriy etishni so‘rab murojaat qildi, ammo ularning so‘rovi e’tiborsiz qoldirildi.
Germaniya DeepSeek tomonidan ma’lumotlar xavfsizligiga e’tiroz bildirgan birinchi davlat emas. 2025-yilning qishida ilova Italiyadagi App Store va Google Play’dan olib tashlandi, Janubiy Koreya hukumati esa DeepSeek’ni yuklab olishni vaqtincha taqiqladi.