O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2000 tonna miqdorida ot go‘shti va halol qo‘y go‘shtining dastlabki partiyasini xarid qilishga rozilik bildirdi. Bu haqda Montsame agentligi xabar berdi.

Kelishuvga Mo‘g‘uliston oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Enxbayar Jadamba O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyev, shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov o‘rtasidagi uchrashuvda kelishildi.

Uchrashuv davomida Enxbayar Jadamba Mo‘g‘ulistonning halol go‘sht ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Tomonlar yaqinda o‘tkazilgan prezidentlarning o‘zaro davlat tashriflari davomida o‘rnatilgan Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik doirasida qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, veterinariya va o‘simliklar karantini sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Vazir Enxbayar Jadamba Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qisqa muddatli hamkorlikning keng imkoniyatlarini ta’kidlab, faol ikki tomonlama aloqalarning asosi sifatida savdo-iqtisodiy munosabatlarni qayd etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh tirik qo‘y va echki xarid qilish rejasini tasdiqladi, Mo‘g‘uliston esa eksport bojini imtiyozli shartlarda belgilash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, u Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi va yengil sanoati tovar ayirboshlash hajmini $100 mlnga yetkazish uchun ikki tomon manfaatlarini himoya qiluvchi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tomonlar yagona karantin va tarif siyosatini yuritishga hamda ikki tomonlama savdoning uzluksizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga, shuningdek, zarur bitimlar va tovarlar ro‘yxatlarini tez fursatda qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.


Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev go‘shtga bo‘lgan ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, eksportga chiqish mumkinligini qayd etgani haqida yozgandi.